Kukrinikslar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kukrinikslar (uch rassom familiyasi va ismining dastlabki harflaridan olingan taxallus) — uch kishidan iborat rassom va grafik rassomlarning ijodiy jamoasi: Koʻpriyanov Mixail Vasilyevich (1903—1991); Krilov Porfiriy Nikitich (1902— 1990); Sokolov Nikolay Aleksandrovich (1903—2000). K. xalq rassomlari, Badiiyot akadimyasi haqiqiy aʼzolari, Mehnat qahramonlari. 1924-yildan hamkorlikda ijod qilib, hayotiy rasmlar bilan gaz. va jur.larda chiqa boshlashgan; hajviy rasmlar ustasi sifatida shuhrat qozo-nishgan va jahonga tanilishgan. K. ichki va tashqi xalqaro hayotga oid oʻtkir maz-munli turkumlar ("Transport", 1933— 34; "Urush olovini yoquvchilar", 1953— 57 va boshqalar), tashviqiy plakatlar ("Dush-manni ayamasdan tor-mor qilamiz va yanchib tashlaymiz", 1941 va boshqalar), kitoblarga ishlangan bezaklar (M.Ye.Saltikov —Shched-rin, 1939; A.P.Chexov, 194046; M. Gorkiy, 1933, 1948-49 va boshqalar), kartivalar ("Eski xoʻjayinlar", 1936—37; "Oqibatda", 1947—48 va boshqalar) va boshqa asarlar mualliflaridir. K. hamkorlikda asarlar yaratishsada, har biri alohida ijodiy uslubga ega, portret, manzara va vatyurmort janrlarida asarlar yaratishgan. Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyiga K. asarlaridan ("Moskva chekkasi", 1941) namunalar qoʻyilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |