[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Kalsit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalsit (lotincha: calx (calcis) — ohak), ohakli shpat — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi SaSO,. Trigonal singoniyali. Rombsimon, plastinkasimon, qisqa toʻrtburchak, prizmatik, ustunsimon kristallar. Qattiqligi 3—3,5. Zichligi 2,7 g/sm3. Rangsiz yoki oq, koʻpincha, qoʻngʻir, kulrang , sariq, pushti, qizil, qora. Rangining har xilligi tarkibidagi mineral qoʻshimchalariga bogʻliq. Shishadek yaltiroq. Qizdirilganda (825°) parchalana boshlaydi. Kislotalarda karbonat angidrid chiqarib eriydi. Kalsitni tola, tomir, unsimon, Islandiya shpati turlari maʼlum. Yer poʻstida eng koʻp tarqalgan minerallardan. Kalsit karbonatit, ohaktosh, boʻr, mergel, marmar kabilarning asosiy tarkibiy qismi. Ohaqtoshli gʻorlarda stalagmit va stalaktit shaklida koʻp uchraydi. U ohaktoshli termal suvlarda choʻkib va nurash jarayonlaridan, ohaktoshlarning qayta kristallanishidan hosil boʻladi. Dunyoning deyarli hamma joylarida bor. Oʻzbekistonda Zarafshon-Hisor, Piskom-Ugom, Nurota, Zirabuloq-Ziyovuddin, Qurama va boshqa togʻlarda koʻp. Kalsit ning shaffof xili — Islandiya shpati optik (mikroskop va b.) asboblarda ishlatiladi. Shuningdek, kalsit portland sement i.ch.da, ohakli tuproqlar tayyorlash uchun, rudalardan temir va boshqa metallarni eritib olishda flyus sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil