[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Folklorizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Folklorizm — yozma adabiyotda qoʻllangan ogʻzaki poetik ijod materiali. Ilmiy adabiyotlarda Folklorizm "ikkinchi shakl" (K.Chistov) atamasi bilan ham yuritiladi. Yozma adabiyotda muallif yoki personaj nutqida qoʻllangan xalq maqollari, matal hamda iboralar oddiy Folklorizm sanaladi. Ijodkorning folklorga xos tasvir uslubiga ergashishi, folklor materialidan oʻz asarida foydalanishi, folklorga mansub syujet yoki motivni asariga olib kirishi va boshqa murakkab Folklorizm hisoblanadi. Asqad Muxtorning "Chinor", Turob Toʻlaning "Suyuk momo", Erkin Vohidovning "Ruxlar isyoni", Abdulla Oripovning "Qasam dara", Oʻtkir Hoshimovning "Parvona kuni" kabi asarlarida Folklorizmning yorqin namunalari bor. Folklorizmlar madaniy hayot rivojining hozirgi bosqichida adabiyot va sanʼatning gʻoyaviy badiiy jihatdan uzluksiz taraqqiyotini taʼminlovchi bosh omilga aylandi.