[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Endoderma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ranunculus ildizining kesishgan qismi.

Endoderma (endo… va derma) – oʻsimliklarda birlamchi poʻstloqning oʻq organlari markaziy silindriga yondosh boʻlgan bir qator joylashgan hujayralardan iborat ichki qavati. Poyada endoderma kam ixtisoslashgan, ikkilamchi kraxmalga ega. Ildizda endoderma hujayralari poʻstida yoʻgʻonlashuv – Kaspari belbogʻi boʻladi. Kaspari belbogʻi tarkibidagi suberin va lignin moddasi hujayra poʻstining suv va ion oʻtkazmasligini taʼminlaydi. Faqat endodermaning ayrim hujayralari yupqa poʻstli boʻlib, suv oʻtkazadi (oʻtkazuvchi hujayralar). Endoderma – birlamchi poyadan oʻtkazuvchi naylar va teskari yoʻnalishda moddalar oqishini boshqarish vazifasini bajaradi.

Hayvonlarda – boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlarda tana devorining ichki tomonida bir qator boʻlib joylashgan hujayralar qavati, ichki gastral boʻshliqni oʻrab turadi. Hazm qiluvchi – muskul va bezli hujayralardan iborat. Hazm suyuqligi ishlab chiqarish va oziqni hazm qilish vazifasini bajaradi.