[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Entalpiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Entalpiya (yun. — isitaman) — termodinamikada — termodinamik tizimning holat funksiyalaridan biri (N). Qaytar izobarik jarayonda entalpiyaning oʻzgarishi tizimga berilgan (yoki tizimdan olingan) issiqlik miqdoriga teng. Shuning uchun entalpiya bosim oʻzgarmaydigan sharoitda sodir boʻluvchi fazalar almashuvlarida, kimyoviy reaksiyalar va boshqalarda isiqlik effektini ifodalaydi. Bosim oʻzgarmaydigan adiabatik jarayonlarda entalpiyaning qiymati ham oʻzgarmaydi. Baʼzan entalpiya issiqlik funksiyasi deb ataladi. Entalpiya termini gollandiyalik fizik X. Kamerling-Onnes tomonidan kiritilgan. Xalqaro birliklar tizimida entalpiya joul (J) larda ifodalanadi.