[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Gummi ayiqchalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gummi ayiqchalari

Gummi-Glen ayiqchalari (chapdan oʻngga): Cubbi, Sunni, Gruffi, Zummi, Tummi va Grammi.
Janri
Muallif(lar)
  • Michael Eisner
  • Art Vitello
  • Jymn Magon
Rollarda
Tematik musiqa bastakori Silversher & Silversher
Bastakor(lar)
  • Thomas Chase
  • Steve Rucker
Qismlar boshidagi musiqa "Gummi Bears Theme"
Qismlar oxiridagi musiqa "Gummi Bears Theme" (instrumental)
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Mavsumlar soni 6
Qismlar soni 65 (95 segment)
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar)
  • Art Vitello
  • Rich Fogel
  • Mark Seidenberg
  • David Block
  • Tad Stones
  • Alan Zaslove
Qism davomiyligi 22 daqiqa
Studiya(lar) Walt Disney Television Animation
Efirga uzatilishi
Telekanal
Tasvir formati NTSC
Ovoz formati
Translyatsiya davri 14-sentyabr, 1985-yil(1985-09-14) — 22-fevral, 1991-yil(1991-02-22)

Gummi ayiqchalari (inglizcha: Adventures of the Gummi Bears — „Gummi ayiqlarining sarguzashtlari“) ilk marotaba 1985-yildan 1991-yilga qadar AQShda efirga uzatilgan Amerika animatsion teleserialidir.[1] Multserial Walt Disney Television studiyasining ilk animatsion mahsuloti boʻlib, multserial gʻoyasi marmeladli ayiqlar konfetidan ilhomlangan; aniqrogʻi, Disney bosh direktori Michael Eisner bir kuni oʻgʻli undan marmeladli ayiqlar konfetini soʻraganida, bundan ilhomlanib, multserialni ishlab chiqarishga kirishadi.[2] Multserial premyerasi 1985-yil 14-sentabrda NBC telekanalida boʻlib oʻtdi va bu telekanalda multserialning toʻrt fasli efirga uzatildi. Keyinchalik, 1989-yildan 1990-yilgacha multserial ABC telekanali orqali efirga uzatildi (The New Adventures of Winnie the Pooh multseriali bilan birgalikda Gummi Bears-Winnie the Pooh Hour (Gummi ayiqchalari-Momiqvoy Soati) oʻlaroq efirga uzatildi).[3]

Gummi ayiqchalari uzoq va boy tarixga ega boʻlgan antropomorfik ayiqchalardir. Multserialda aytilishicha, qadimgi davrlarda (serial voqealaridan taxminan 500 yil muqaddam) Buyuk Gummilar va insonlar yonma-yon totuvlikda yashashgan, biroq ayrim sabablarga koʻra bu totuvlik uzoqqa bormagan, sababi esa ochiqlanmagan (multserialning „Light Makes Right“ va „The Knights of Gummadoon“ epizodlarida taxmin qilinadiki, yovuz kimsalar Gummi ayiqchalarining sehrli va mexanik yutuqlariga ega boʻlishga intilishib, ularga urush bilan tahdid solishadi). Buyuk Gummilar ulardan qochishga muvaffaq boʻlishadi hamda yangi boshpana topish ilinjida dengiz boʻylab suzib ketishga majbur boʻlishdi. Qadimgi Buyuk Gummilar Gummi shaharlari va inlarni kuzatib borish uchun kichik va tarqoq ayiqlar populyatsiyalarini qoldirishdi; masalan, multserialning asosiy qahramonlar guruhi — Gummi-Glen Gummies.

Fasl Qismlar Segmentlar Qachon efirga chiqqan
Ilk marta efirga chiqqan Soʻnggi marta efirga chiqqan
1 13 21 14-sentyabr, 1985-yil(1985-09-14) 21-dekabr, 1985-yil(1985-12-21)
2 8 12 13-sentyabr, 1986-yil(1986-09-13) 29-noyabr, 1986-yil(1986-11-29)
3 8 14 12-sentyabr, 1987-yil(1987-09-12) 12-dekabr, 1987-yil(1987-12-12)
4 10 16 10-sentyabr, 1988-yil(1988-09-10) 17-dekabr, 1988-yil(1988-12-17)
5 9 13 9-sentyabr, 1989-yil(1989-09-09) 6-yanvar, 1990-yil(1990-01-06)
6 17 19 10-sentyabr, 1990-yil(1990-09-10) 22-fevral, 1991-yil(1991-02-22)
  1. Perlmutter, David. The Encyclopedia of American Animated Television Shows. Rowman & Littlefield, 2018 — 14–15-bet. ISBN 978-1538103739. 
  2. "Waldenbooks for Kids", June 1986
  3. Erickson, Hal. Television Cartoon Shows: An Illustrated Encyclopedia, 1949 Through 2003, 2nd, McFarland & Co, 2005 — 254–256-bet. ISBN 978-1476665993.