[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Gis tutami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gis tutami (nemis olimi V. Gis nomidan), Gistovar tutami, atrioventrikulyar tutam — yurak oʻtkazuvchi sistemasining bir qismi. Yurakning boʻlmacha bilan qorinchasi oraligʻida (oʻng boʻlmacha devorida) joylashgan. G.t. orqali boʻlmachalarning qisqarish toʻlqinlari qorinchalarga oʻtadi. Shunday qilib, yurakning oʻtkazish yoʻli yurak boʻlmachalari bilan qorinchalar oʻrtasida qisqarish (sistola) va boʻshashish (diastola) ritmini tartibga solib turadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil