[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Gipparx

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipparx (Hipparchos) (mil. av. 180 yoki 190—125) — yunon astronomi. Astronomiya asoschilaridan biri. Quyosh va Oyning koʻrinma harakatini hisoblash usulini takomillashtirgan. Yulduzlarni koʻrinma ravshanligi jihatidan 6 bosqichga boʻlib, ularni yulduz kattaliklari deb atagan. Tropik yilning davomiyligini aniq(xatosi 6 min.) oʻlchagan. Yerdan Oygacha boʻlgan masofani 50—60 Yer radiusiga teng deb olib, Oyning ulchamlarini aniqlagan. G. 1000 yulduzni uz ichiga olgan yulduzlar jadvalini tuzgan, presessiya hodisasini kashf etgan. Quyoshning koʻrinma yillik harakatidagi notekislikka asoslanib, Quyosh orbitasining markazi Yer markazida emas, Quyosh bilan Yer orasidagi masofa oʻzgarib turadi, degan xulosaga kelgan. G. asarlari va jadvali bizgacha yetib kelmagan. Uning ishlari haqidagi maʼlumotlar Ptolemeynit "Almagest" asarida saqlanib qolgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil