Ginandromorfizm
Ginandromorfizm (yun. gyne -ayol, apeg — qaratqich kelishigi, andros — erkak va morphe — shakl, koʻrinish) — bitta organizmda har xil jinsga xos xromosomalar toʻplamiga ega boʻlgan hujayralar, toʻqimalar va organlar boʻlishi. Old-orqa, lateral va mozaik (qurama) G. mavjud.
Old-orqa G.da tananing old qismi bir jinsga, orqa qismi boshqa jinsga xos hujayra va shu jinsga mos keladigan belgilar bilan ifodalanadi. Lateral G. tananing oʻng va chap tomonida xuddi shunday farq qiluvchi belgilar boʻlishini koʻrsatadi, bu farqdanish jinsiy sistemalarni ham oʻz ichiga oladi. Mozaik G.da organizm hujayralarining koʻp qismi bir jinsga, oz qismi ikkinchi jinsga tegishli boʻladi. G. asosida gomogameta jinsli individlarda ontogenezttt turli bosqichlarida jinsiy xromosomalardan biri yoʻqolib ketishi mumkin. Bundan tashqari, ahyon-ahyonda tuxum hujayrada ikki urgʻochi pronukleusning hosil boʻlishi va ular har birining har xil jinsiy xromosomali spermiyalar bilan urugʻlanishi hamda kelgusida bunday yadroli zigotadan bitta organizmning rivojlanishi ham G.ning sababchisi boʻlishi mumkin. G. ning aniqlanishi va kelib chiqish sabablarining koʻrsatilishi jinsni xromosoma orqali aniqlanishi nazariyasini isbotlovchi dalillardan biri boʻldi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |