[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Gidronefroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidronefroz (gidro... va yun. nephros —buyrak) —buyrak istisqosi. Buyrak jomi va kosachalarining kengaya borishi natijasida buyrak oʻlchamining kattalashaverishi bilan namoyon boʻladi. Asosan buyrak jomining siydik nayiga oʻtish qismida (piyeloureteral segment) mexanik toʻsiq borligi G.ga sabab boʻladi. Shu sohada tosh turib qolishi yoki oʻsma paydo boʻlishi ham G.ga olib keladi. G. chaqaloqlarda ham, keksalarda ham uchraydi. Bu asosan mexanik toʻsiqning kattakichikligi va toʻsilib qolgan sohaning qanchalik torayganligiga bogʻliq. G.da bolalar baʼzan bezovta boʻlib, qorni yoki kindik atrofi simillab ogʻriydi. Katta yoshdagilarda esa G. bor tarafdagi bel sohasi uvishib, ogʻriydi, vaqt-vaqti bilan ogʻriq kuchayishi ham mumkin. Siydikda leyqotsitlar, baʼzan eritrotsitlar paydo boʻlib, vaqt oʻtgan sari siydik zichligi kamaya boradi. Bemorning qorni paypaslanganida buyrak qoʻlga unnashi mumkin. Kechiktirilgan hollarda esa hatto qorin old devori boʻrtib turadi. Ultratovush tashhisda va ekskretor urogrammada buyrak kosacha-jom sistemasi kengayganligi qayd etiladi. Tashhis qoʻyish kechikkan sari buyrak tobora kattalashaverib, nihoyat suyuqlik bilan toʻla xaltachaga oʻxshab qoladi va oʻz faoliyatini yoʻqotadi. Bu holda jarroxdik usuli bilan buyrak olib tashlanadi.

Klassifikatsiyasi 1)tug'ma yoki orttirilgan 2) to'la yoki qisman 3)bir tomonlama yoki bilateral

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil