[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Bronxit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bronxit
Mutaxassislik Pulmonologiya
Asoratlari yoʻtal, xirillash, nafas qisilishi
Turlari O'tkir, surunkali
Takrorlanishi O'tkir: yiliga ~5% odamlar Surunkali: ~5% odamlar

Bronxit — o'pkada bronxlar (katta va oʻrta kattalikdagi havo yoʻllari) yalligʻlanishi. Bu yoʻtalni keltirib chiqaradi. Bronxit odatda burun, quloq, tomoq yoki sinuslarda infeksiya sifatida boshlanadi. Keyin infeksiya bronxga tushadi. Alomatlar orasida yo'tal, balg'am, xirillash, nafas qisilishi va koʻkrak ogʻrigʻi mavjud. Bronxit oʻtkir yoki surunkali boʻlishi mumkin[1].

Oʻtkir bronxit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir bronxitda odatda uch hafta davom etadigan yoʻtal kuzatiladi[2], buni ko'krak qafasidagi shamollash deb ham atash mumkin[3]. Ushbu kasallikka chalingan insonlarning 90% dan koʻprogʻida kasallikning asosiy sababi virusli infeksiyadir. Ushbu viruslar odamlar yoʻtalganda yoki toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilganda havo orqali tarqalishi mumkin. Kam holatlarda esa Mycoplasma pneumoniae yoki Bordetella pertussis kabi bakterial infektsiyadan kelib chiqishi mumkin. Xavf omillariga tamaki tutuni, chang va boshqa havo ifloslanishi kiradi. Oʻtkir bronxitni davolash odatda dam olishni, paratsetamol tabletkasini (asetaminofen) va isitma uchun qoʻllaniladigan steroid boʻlmagan yalligʻlanishga qarshi dorilarni (NSAID) oʻz ichiga oladi[4][5].

Surunkali bronxit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali bronxitda esa kasallangan odam yoʻtalganda balgʻam chiqaradi va bu jarayon yiliga uch oy yoki undan koʻproq vaqt davom etishi mumkin[6]. Surunkali bronxit bilan ogʻrigan koʻplab odamlarda surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi (KOAH) mavjud[7]. Tamaki chekish eng keng tarqalgan sabab boʻlib, havoning ifloslanishi va genetika kabi bir qator boshqa omillar ham biroz rol oʻynaydi. Surunkali bronxit nafas aʼzolarining eng koʻp tarqalgan kasalliklaridan hisoblanadi va u koʻproq erkaklarda kuzatiladi.

Bronxitlar

Eozinofil bronxit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eozinofil bronxit surunkali quruq yoʻtal boʻlib, eozinofillar deb nomlanuvchi oq qon hujayralari sonining koʻpayishi bilan tavsiflanadi. U rentgen nurida normal topilmaga ega va havo oqimi cheklanmagan[8].

Aspergillus bronxit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aspergillus bronxiti — Aspergilloz kasalliklari spektridan biri boʻlib, bronxlar qoʻziqorin infeksiyasiga duchor boʻladi. Bu oʻpka aspergillozining boshqa holatlaridan farq qiladi, chunki u asosan immuniteti zaif odamlarga taʼsir qiladi[9][10].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. „Bronchitis“. NHLBI. Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
  2. Kin, S (1 October 2016). "Acute Bronchitis". American Family Physician 94 (7): 560–565. PMID 27929206. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/27929206/. 
  3. „Antibiotics Aren't Always the Answer“ (en-us). Centers for Disease Control and Prevention (2017-yil 25-sentyabr).
  4. Tackett, KL; Atkins, A (December 2012). "Evidence-based acute bronchitis therapy". Journal of Pharmacy Practice 25 (6): 586–90. doi:10.1177/0897190012460826. ISSN 0897-1900. PMID 23076965. 
  5. „How Is Bronchitis Treated?“ (2011-yil 4-avgust). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-aprel.
  6. Andoza:Cite MeSH
  7. Reilly, John J.; Silverman, Edwin K.; Shapiro, Steven D. „Chronic Obstructive Pulmonary Disease“, . Harrison's Principles of Internal Medicine, 18th, McGraw Hill, 2011 — 2151–9-bet. ISBN 978-0-07-174889-6. 
  8. Longo, Dan. Harrison's Principles of Internal Medicine. McGraw Hill, 2012 — 284-bet. ISBN 9780071748896. 
  9. „Aspergillus bronchitis | Aspergillus & Aspergillosis Website“. www.aspergillus.org.uk.
  10. Kosmidis, Chris; Denning, David W. (1 March 2015). "The clinical spectrum of pulmonary aspergillosis" (en). Thorax 70 (3): 270–277. doi:10.1136/thoraxjnl-2014-206291. PMID 25354514. https://thorax.bmj.com/content/70/3/270. Qaraldi: 8 November 2019. Bronxit]]