[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Biotit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biotitslyudalar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi K (Mg, Fe)3[AlSi3)(OH F)2. Mineral fransuz olimi J. B. Bio nomiga qoʻyilgan. Olti qirrali, yaxshi shakllangan, taxlangan varaqilarga oʻxshash agregatlar hosil qiladi. Rangi qora, qoʻngʻir, yashilsimon qoʻngʻir. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 2,5—3,5. S. ogʻ. 2,7—3,3. Kattaligi 7 m² gacha keladigan kristallari pegmatit tomirlarda uchraydi. Otqindi va metamorfik jinslar orasida tarqalgan. B. elektr issiklik izolyatorlari sifatida ishlatiladi. B. kukunidan bronza boʻyogʻi tayyorlanadi. Markaziy Osiyoda juda keng tarkalgan. RF (Ural, Uzok, Sharq), Ukrainada katta konlari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil