[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Bod (kiyim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bod — tanda iplari (oʻrish naxlari)ning bir-birini kesib (mingashib) tushgan joyi. Uch xil boʻladi: toq, juft va livit B. B. olish deganda shoyi va atlas toʻqishda ikki shoda oʻrtasidagi B.ni yuqoriga surib chiqarish, B. solib olish deganda kalava mashinada ipakni mingashtirib kalavalash, B. surish deganda shoyi, atlas, beqasam tandasini oqqa yozganda livitlarni bir-biridan ajratib, tandaning u boshidan bu boshiga surish, B. tashlash deganda oʻrish ipaklar davraga oʻralib tandalanganda bir livitning ikkinchi livit ustiga mingashib qolishi tushuniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil