[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Aseksuallik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aseksuallik ramzi

Aseksuallik — jinsiy moyillikning pastligi yoki yoʻqligi. Aseksuallik shahvoniy istaklardan ongli ravishda tiyilish emas. Insoniyatning 1% qismiga aseksual taʼrifi beriladi.

Aseksualliklar antiseksuallar bilan koʻp oʻxshashlik tomoni boʻlsa-da, aseksuallar jinsiy aloqaga nisbatan ijobiy/salbiy munosabat bildirmaydilar. Aseksuallikning jinsiy orentratsiya deb hisoblash yoki yoʻqligi haqida hali ham bahs-munozaralar davom etmoqda.[1][2]

Aseksuallik haqida tadqiqotlar kam olib borilgan boʻlib, oʻtkizilgan soʻrovnomalar natijasida (Bogard, 2004) Buyuk Britaniya aholisining 1%i „hech qachon hech kimga nisbatan jinsiy moillikni his qilmaganligini“ aytishgan.[manba kerak]

Aseksuallik odatda, farzand koʻrish/koʻrmaslik istagi bilan bogʻliq emas. Farzand koʻrishni istagan aseksual vakillari jinsiy aloqada boʻlishi, sunʼiy urugʻlantirishi yoki farzand asrab olishi mumkin.

Baʼzi mamlakatlardan, xususan Braziliyada aseksuallik huquqlari qonun bilan himoyalangan.

  1. „Arxiv nusxasi“ (deadlink). 2015-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may. (Archive.is saytida 2012-06-29 sanasida arxivlangan)
  2. Sex and Society, 2 (und), Marshall Cavendish, 2010 — 82—83-bet. ISBN 978-0-7614-7906-2.