[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Abulfayzxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abulfayzxon
 Buxoro xonligi hukmdori
Mansab davri
1611-yil – 1647-yil
Oʻtmishdoshi Ubaydullaxon II
Vorisi Abdulmo'min
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1687-yil
Buxoro xonligi
Vafoti 1747-yil
Mir Arab madrasasi
Oʻlim sababi O'ldirilgan
Fuqaroligi Buxoro xonligi
Bolalari 2
Ota-onasi

Abulfayzxon (1695-1747 — yillar) — Buxoro xoni (17111747 — yillar), oʻzbeklarning Ashtarxoniylar sulolasidan.

Subhonqulixonning oʻgli. Abulfayzxon davrida xonliklararo nizolar kuchaygan, mamlakat chuqur iqtisodiysiyosiy tanazzulga yuz tutgan. Nodirshoh qoʻshinlarining Movarounnahrga qilgan yurishlari (1747-yil) natijasida Abulfayzxon taxtdan agʻdarilib, qatl etilgan. Fitrat Abulfayzxon haqida „Abulfayzxon“ dramasini yaratgan (1924-yil).[1]

Buxoro xonligi hukmdori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixchi A. Jumanazarovning Abu Abdurahmon Abdullohning „Tarixi Buxoro va tarjumat ul-ulamo“ asariga tayanib Abulfayzxonni 10 yoshda taxtga oʻtirganligini keltiradi. Xonning hokimiyatga kelishi akasi Ubaydullaxonga uyushtirilgan suiqasddan soʻng roʻy bergan[2].

Abulfayzxon davrida mamlakatda hukm surgan siyosiy betartiblik Buxoro xonligidan ajralib chiqib, Qoʻqon xonligi deb nomlangan yangi davlatning tashkil topishiga olib keldi[3]. Davlat hokimiyati amalda Muhammad Hakimbiy qoʻlida toʻplangan. Shahrisabz hukmdori, Kenagas qabilasining amiri Ibrohimbiy hokimiyatni Muhammad Hakimbiy qoʻlidan tortib olmoqchi boʻlib, 1722-yilda Samarqandda Xiva shahzodasi Rajabni xoni deb eʼlon qildi. Koʻplab amirlar qoʻshilgan Rajabxon katta qoʻshin bilan Samarqanddan chiqib, Buxoroga yurish qildi. Biroq u Buxoroni egallay olmadi, bosib olingan hududlarda koʻchmanchilarga boy oʻlja vaʼda qilib, qozoqlardan yordam soʻradi. Oʻsha paytda qozoqlar ogʻir kunlarni boshidan kechirayotgan edi. Qozoqlar Movarounnahrning boy hududlarida yetti yil davomida hech qanday qarshilikka duch kelmay, butun Zarafshon vodiysida vayronagarchiliklar qildilar, mamlakatni taladilar. 1730-yilga kelib ular hududni tark etishdi. Abulfayzxon davlat boshqaruvini qoʻlga olish uchun Muhammad Hakimbiyni poytaxt Buxorodan yiroqlashtirib, Qarshiga joʻnatadi[4].

Tashqi siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulfayzxon hukmronligi davrida Turkiya, Rossiya va boshqa koʻplab mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar olib borgan.

Usmonlilar imperiyasi bilan diplomatik aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulfayzxon hukmronligi davrida 1719-yilda Usmonli davlati poytaxti Istanbulga elchi qilib qoʻriqchiboshi Olloberdini yuborgan. Abulfayzxon elchi bilan yuborgan maktubida shunday yozilgan edi: „Otamdan qolgan taxtni islom anʼanalariga koʻra xalq manfaatlarini ustun qoʻyib boshqarmoqdamiz. Sizga boʻlgan hurmatimiz kundan-kunga ortmoqda. Elchimiz ahvolimiz haqida yanada koʻproq maʼlumot beradi[5]“. Usmonli humdor Ahmad III Abulfayzxonga javob tariqasida bir maktub yuboradi. Ahmad III maktubda shunday yozadi: „Elchingiz orqali yuborgan maktubingizni oldik. Oʻqib juda quvondik. Doʻstligimizning boqiy boʻlmogʻi uchun harakat qilamiz“. 1720-yilda ikkinchi marta Abulfayzxon Xoʻja Muhammad boshchiligidagi elchilarni Istanbulga yuboradi. Bu davrga kelib, Ashtarxoniylar sulolasi inqiroz yoqasiga kelib qolgan edi. Hech bir tashqi kuch ushbu sulolaning saqlab qolinishda yordam qoʻlini choʻza olmadi. Abulfayzxon uchinchi marotaba 1721- yilda Abdusamiy Yasovulxonni Usmonli imperiyasiga elchi qilib yuborgan. Abulfayzxon elchi orqali shialaga nisbatan adovatda borligini bildirgan. Usmonli sultoni Ahmad III javob maktubida biror-bir amaliy yordam koʻrsatmagan[6].

Rossiya bilan diplomatik munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
nothumb
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon

1716-yil fevralda Buxoro xoni elchisi Xonquli toʻpchiboshi Astraxanga boradi. Elchi bilan birgalikda savdogar Asan bobo, xotini va bolalari hamda ikki yasovul borgan. Abulfayzxon Rossiya podshosi Pyotr I ga 36 nafar rus asirlarini ham ozod qilib yuborgan. Abulfayzxon Astraxan ober-komendanti Chirikov nomiga yozilgan yorliqda oʻzaro yaxshi qoʻshnichilik aloqalari va savdo-sotiq aloqalarini davom ettirish maqsadida elchi yuborayotgani bildiradi. Shuningdek, ushbu elchilik orqali Rossiyaning Kaspiy dengizi sharqiy qirgʻoqlarida shahar-qal’alar qurish rejasini qoʻllab-quvvatlashini ham bildirgan[7].

Nodirshoh bosqini

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asli turkmanlardan boʻlgan Eron hukmdori Nodirshoh (1736-1747-yillar) Buxorodagi ogʻir iqtisodiy va siyosiy vaziyatdan unumli foydalandi. 1740-yil boshida Nodirshoh Movarounnahrga yurish qiladi. Abulfayzxon katta qoʻshinga bosh boʻlib, Rizaquliga (Nodirshohning oʻgʻli) ga qarshi jangga chiqadi[8]. Buxoro xonligi qoʻshinlari son jihatdan 4 baravar koʻp boʻlishiga qaramay Eron qoʻshinidan yengiladi. Bunga eronliklarning oʻtochar quroli va artileyerasining sifat jihatdan ustunligi sabab boʻlgan[9]. Abulfayzxon Muhammad Hakimbiyni Nodirshoh huzuriga elchilikka yuboradi. Muhammad Hakimbiy shoh qarorgohiga kelib, uning hurmatini qozondi, bu unga mamlakatda katta vakolatlar berdi. Hakimbiy shohdan katta ishonch va yorliqlar olib Buxoroga joʻnaydi. U endi Abulfayzxonning elchisi sifatida emas, Nodirshohning vakili sifatida keladi.

1743-yilda Muhammad Hakim vafot etdi. Oʻrnini oʻgʻli Muhammad Rahimbiy egalladi. Muhammad Rahimning qarindoshlari va tarafdorlari eng yuqori davlat lavozimlariga tayinlangan. U kuchli qoʻshin tuzgan va qoʻshin boshliqlari etib oʻzining ishonchli vakillarini qoʻygan. Nodirshoh vafot etgach (u 1747-yilda oʻldirilgan) u tuzgan davlat parchalana boshlaydi. Shunday sharoitda 1747-yilda Muhammad Rahimbiy Buxorodagi Mir Arab hujralaridan birida Abulfayzxonni oʻldirtiradi. Shundan soʻng Rahimbiy birin-ketin Abulfayzxonning ikki oʻgʻli Abdulmoʻmin va Abdullani ham qatl qildirib, 1753-yilda amir unvoni bilan Buxoro taxtiga oʻtiradi[10][11][12].

  1. "Abulfayzxon" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Kim uchundir qo‘g‘irchoq hukmdor, kim uchundir qurbon. Chingiz avlodining soʻnggi yirik vakili, Buxoro xonligining oxirgi xoni Abulfayzxon hayoti“ (2023-yil 23-iyun). Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
  3. [V. Nalivkin. Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva, Kazan, 1886]
  4. Pickett 2016, s. 493.
  5. Mehmet Saray 2017, s. 16.
  6. Рахмонқулова 2002, s. 32.
  7. Жуковский 2022, s. 50.
  8. Pickett 2016, s. 491n4.
  9. Rustambek Shamsutdinov. Vatan tarixi 2-kitob. Toshkent Sharq 2016 — 70-bet. ISBN 978-9943-26-493-9. 
  10. Soucek 2000, s. 179.
  11. Panoevna 2020, s. 62-63.
  12. Levi 2017, s. 39.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Mehmet Saray. Rus işgali devrinde Osmanli Devleti ile Türkistan hanliklari arasindaki siyasi münasebetler- 2. baskı. Ankara: Turk Tarih Kurumu, 2017 — 200-bet. 
  • Рахмонқулова З. XVI—XX аср бошларида Ўрта Осиё ва Усмонийлар давлатлари ўртасидаги ижтимоий-сиёсий ва маданий муносабатлар тарихи. Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун диссертация, Тошкент, 2002 — 139-bet. 
  • Жуковский С.В. Бухоро ва Хива хонликлари билан уч юз йилликдаги муносабатлари. Таржима ва изоҳлар муаллифлари: Ҳамроев A., Рахмонова М.. Бухоро: “Durdona”, 2022 — 152-bet. 

Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1756)

Buxoro xonligi
Boqi Muhammad 1601 - 1605
Vali Muhammad 1605 - 1611
Imomqulixon 1611 - 1642
Nadr Muhammadxon 1642 - 1645
Abdulazizxon 1645 - 1681
Subhonquli 1681 - 1702
Ubaydullaxon II 1702 - 1711
Abulfayzxon 1711 - 1747
Abdulmo’minxon 1747 - 1751
Ubaydulloxon III 1751 - 1754
Sherg'ozixon 1754 - 1756