[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Amfora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amfora (lotincha „amphora“, yun. am-phoreus – soʻzidan: „amphi“ – ikki tomondan, „phero“ – koʻtarib boraman) – antik davrda ishlatilgan yuqori qismi keng, tag qismi va ogʻzi tor, ikki dastali, sopol, baʼzan metalldan tayyorlangan idish. Vino, yogʻ saqlash va tashishda, baʼzan ziyofatlarda bezatilgan Amfora turlaridan foydalanilgan. Boʻyama naqshlar, tasvirlar bilan bezatilgan, qadimgi va klassisizm davriga oid amforalar badiiy qimmatga ega. Arxeologik qazilmalar Oʻrta Osiyo hududida ham (jumladan, Surxondaryo hududida topilgan, miloddan avvalgi III-II asrga mansub) amforasimon idishlar tayyorlanganligini koʻrsatadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil