[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

1997

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(1997-Yildan yoʻnaltirildi)

1997-yil — „Inson manfaatlari yili“ 3-yanvar. 1-oktyabr „Oʻqituvchi va murabbiylar kuni“ deb belgilandi.

Ming yilliklar: 2-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 4-yanvar — „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fukaro aviatsiyasi xodimi“ faxriy unvoni taʼsis etildi.
  • 7-yanvar — Iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida „Umid“ jamgʻarmasi tashkil etildi.
  • 17-yanvar — „Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi“ xalqaro jamoat harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi.
  • 23-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi. Ushbu farmonga koʻra xalq hunarmandchiligi, tasviriy va amaliy sanʼat sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etildi.
  • 10-fevral — Hamshiralar va tibbiyot xodimlari uchun moʻljallangan „Hamshira“ jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 21-fevral — „Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ qaror qabul qilindi.
  • 21-fevral — Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi „Oʻzbekraqs“ milliy raqs birlashmasi tashkil etildi.
  • 25-fevral — „Oʻzagrosugʻurta“ Davlat sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
  • 27-fevral — „Jahon adabiyoti“ jurnali tashkil etildi.
  • 12-mart — Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.
  • 14-mart — „Kafolat“ davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi tashkil topdi.
  • 20-mart — Toshkent zarbxonasi ishga tushirildi.
  • Mart — Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida tashkil etilgan „OʻzDEU toʻqimachilik“ qoʻshma korxonasi dastlabki mahsulotini berdi.
  • Mart — Toshkentda yosh olimlar va talabalarning 3-Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
  • 3-aprel — Toshkentda „Paxtakor“ futbol jamoasi tashkil etilgani va shu nom bilan atalgan stadion ishga tushganligining 40 yilligiga bagʻishlangan sport bayrami boʻlib oʻtdi.
  • 24-25-aprel — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 8-sessiyasida „Oliy Majlisning inson huquqlari vakili (Ombudsman) toʻgʻrisida“, „Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida“, „Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida“, „Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida“gi qonunlar; Soliq kodeksi, jinoyat-ijroiya kodeksi qabul qilindi.
  • 8-may — Toshkentda „Davlat, oila va tarbiya muammolari“ mavzuida respublika konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
  • 15-may — Toshkentda xalqaro aksiyadorlik-tijorat „OʻzDEUbank“ ochildi.
  • 15-may — Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyati kengashi taʼsis etildi.
  • 21—23-may — Toshkentda „Neft va gaz—97“ birinchi Oʻzbekiston xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda 30 dan ziyod mamlakat vakillari qatnashdi.
  • 10-iyun — Toshkentda Oʻzbekiston Milliy reabilitatsiya markazi ochildi.
  • 13-iyun — Chirchiqsa „Kibo — bolalar poyabzali“ Oʻzbekiston — Germaniya korxonasining ochilish marosimi boʻldi.
  • 18-iyun — Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi tuzildi.
  • 19-iyun — Toshkentda Ozarbayjon elchixonasi ochildi.
  • 26-iyun — Toshkent viloyatining Qibray tumanida „Tashfarm Amerikan Interneyshnl“ Oʻzbekiston — AQSH qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 27-iyun — „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tuzildi.
  • Iyun — Toshkentda „Hunarmand“ xalq hunarmandlari uyushmasi tashkil etildi.
  • Iyun — Qarshi shahrida „Qashqadaryotelekom“ Oʻzbekiston — Indoneziya qoʻshma korxonasi faoliyat boshladi.
  • 14-iyul — Qashqadaryo „Koʻkdumaloq“ kompressor stansiyasi foydalanishga topshirildi.
  • 22-iyul — „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni taʼsis etildi (2003-yil 4-avgustda uning Nizomiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi).
  • 23-iyul — Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi.
  • Iyul — Jizzaxda akril tolasi ishlab chiqaradigan fabrika ishga tushirildi.
  • 26-avgust-1-sentyabr — Samarkandda 1-xalqaro „Sharq taronalari“ festivali boʻlib oʻtdi. Unda 30 dan ortiq davlat vakillari qatnashdi.
  • 22-avgust — Qorovulbozorda Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 1-navbati ishga tushirildi.
  • 27-avgust — „Huquq“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 29-avgust — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi.
  • 8-sentyabr — Samarqandda muzqaymoq, pishloq, sariyogʻ, qaymoq ishlab chiqaradigan „Bravo-sut“ yangi qoʻshma korxona ishga tushdi.
  • 10-sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi „Tasviriy oyina“ ijodiy uyushmasining taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
  • 12-sentyabr — Oʻzbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
  • 15-16-sentyabr — Toshkentda „Markaziy Osiyo — yadro qurollaridan xoli zona“ mavzusida xalkaro konferensiya oʻtkazildi.
  • 17-sentyabr — Toshkentda „Amir Temur va temuriylar davrida Markaziy Osiyo va Yevropa“ mavzuidagi xalqaro ilmiy konferensiya ochildi. Ushbu konferensiya Shahrisabzda oʻz ishini davom ettirdi.
  • Sentyabr — Toshkentdagi „Foton“ aksiyadorlik birlashmasida „SONY“ rangli televizorlari ishlab chiqarila boshlandi.
  • 15-oktyabr — Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi maxsus jamgʻarmasi tuzildi.
  • Oktabr — Andijonda „Tojmetall“ aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
  • Oktabr — Toshkentda Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankining shoʻʼba banki ochildi.
  • 4-noyabr — „Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi“ eʼlon qilindi.
  • 4-noyabr — Oʻzbekiston UNESKO Ijroiya kengashi aʼzosi etib saylandi.
  • 11-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Xorazm Maʼmun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.
  • 27-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Ahmad alFargʻoniy tavalludining 1200-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
  • 28-noyabr — Atoqli shoir, ozodlik kuychisi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 100 yilligi nishonlandi.
  • 23-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
  • 25—26-dekabr — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 10-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi.
  • Dekabr — Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish birlashmasi Sifat va mukammallik boʻyicha xalqaro jamgʻarmaning „Oltin yulduzi“ mukofotiga sazovor boʻldi.
  • Dekabr — Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti T. N. Qori-Niyoziy tugʻilgan kunining 100 yilligiga bagʻishlangan ilmiy sessiya boʻldi.
  • Dekabr — Toshkentda akademik Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi.
  • 1997 — Yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — AQSH „Oʻz-Teksako“ qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
  • 1997 — Oʻzbekiston advokatlar uyushmasi (assotsiatsiyasi) taʼsis etildi.
  • 1997 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi.
  • 1997 — „COSCOM“ Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi, Koreyaning „Daewoo Unitel“ qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 1997 — Xorazm viloyatidagi Gurlan shahrida yengil sanoat korxonasi — „Gurlanteks“ aksiyadorlik jamiyati ishga tushdi.
  • 1997 — Milliy rassomlik vadizayn instituti tashkil etildi. 1997 — Oʻzbekiston amaliy sanʼat asarlari doimiy koʻrgazmasi (1960—97) Oʻzbekiston Respublikasi amaliy sanʼat muzeyi deb ataldi (muzey sifatida dastlab 1937-yil tashkil etilgan).
  • 1997 — „Fayz“ xolding kompaniyasi tashkil etildi.


Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.


  • Fizika — Steven Chu, Claude Cohen-Tannoudji va William D. Phillips
  • Kimyo — Paul D. Boyer, John E. Walker va Jens C. Skou
  • Fiziologiya va tibbiyot — Stanley Prusiner
  • Iqtisodiyot — Robert C. Merton va Myron Scholes
  • Adabiyot — Dario Fo
  • Tinchlik — „International Campaign to Ban Landmines“ va Jody Williams