100 metrga toʻsiqlar osha yugurish
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
100 metrga toʻsiqlar osha yugurish — Yengil atletikaning ayollar oʻrtasidagi yugurish turlariga kiradi. Tezlikni, sprinterlik qobiliyatlarini va toʻsiqlardan oshib oʻtish texnikasini talab qiladi. 1932-yildan Olimpiada dasturlariga kiritilgan. 100 metrga toʻsiqlar osha yugurish musobaqalari faqat yozda 400 metrlik rezina qoplamali stadionlarda oʻtkaziladi.
Rekordlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rekord | Vaqt | Sportchi | Davlat | Sana | Joy |
---|---|---|---|---|---|
Jahon | 12.12 s[1] | Tobi Amyusan | 🇳🇬Nigeriya | 24-iyul 2022 | Yudjin, AQSH |
Olimpiya | 12.26 s | Jasmin Kamacho-Kvinn | 🇵🇷Puerto-Riko | 5-avgust 2021 | Tokio, |
Yevropa | 12.21 s | Yordanka Donkova | 🇧🇬Bolgariya | 20-avgust 1988 | Stara-Zagora, Bolgariya |
Osiyo | 12.44 s[2] | Olga Shishigina | 🇵🇼Qozogʻiston | 27-iyun 1995 | |
Oʻzbekiston | 13.00 s[3] | Valentina Kibalnikova | 🇺🇿Oʻzbekiston | 25-iyun 2016 | Toshkent, Oʻzbekiston |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]110 metrga yugurish boʻyicha birinchi rasmiy musobaqa 1922-yilda oʻtkazilgan. 1948-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Niderlandiyalik yuguruvchi Fransinye Blankers Kunning 4 oltin medalni qoʻlga kiritishi bu masofa tarixidagi hozirgacha eng yorqin natija hisoblanadi.
Hozirgi kunda Avstraliyalik, Germaniyalik, AQSH, Nigeriya va Yamaykalik sprinterlar bu masofada eng kuchlilar hisoblanishadi. Ayniqsa Nigeriyalik Tobi Amyusan 2022-yil AQSHning Yudjin shtatida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida hammani hayron qoldirib masofani 12.12 soniyada bosib oʻtdi va aqshlik Kendra Harrisonning 2016-yildan beri oʻzgarmay kelayotgan rekordini oʻzgartirdi. Uning natijasi 12.20 soniya edi.[4]
Oʻzbekistonlik sportchilar orasida Valentina Kibalnikova, Lidya Podsepkina va Xurshida Xolliyevalar bu masofada ancha mahoratli hisoblanishadi. Valentina Kibalnikova Rio-De-Janeyroda oʻtgan Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi va Oʻzbekiston rekordchisi hisoblanadi.
Qoidalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sportchilar bu masofada pastki start texnikasini egallagan holda kolodkalardan chiqishadi. Toʻsiqlar balandligi ayollar uchun 840 mm ni tashkil qiladi. Masofa oxirigacha 10 ta toʻsiqlardan oshib oʻtib yugurish talab qilinadi. Toʻsiqlarning orasi 8.5 metrdan qilib joylashtiriladi.
100 metrga toʻsiqlar osha yugurishda sprinterlik qobiliyatlari juda muhim hisoblanadi. Odatda yuqori klassdagi sportchilar toʻsiqlarning orasidagi masofani 3 qadamda bosib oʻtishadi. Toʻsiqlarning ustidan oʻtayotganda ularga tegib ketmaslikka va shu bilan bir qatorda tezlikni yoʻqotmaslikka harakat qilish kerak. Ayollar uchun toʻsiqlar balandligi erkaklarnikiga qaraganda pastroq va orasidagi masofa ham kamroq. Shuning uchun erkaklar va ayollarning texnikasi unchalik katta farq qilmaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Мировые Рекорды“. 2022-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.
- ↑ „Рекорды Азии. Взрослые Стадион“.
- ↑ „Рекорды Узбекистана по лёгкой атлетике“.
- ↑ „Amusan breaks 100 meter hurdles World record“. 2022-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.