[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Gabion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gabion (ital. gabbione — katta katak) — tosh toʻldiriladigan sim toʻr yashik; daryo qirgʻoklarini yuvilib ketishdan asrash, suv oqimini rostlash va mustahkamlash inshootlari qurishda foydalaniladi. Odatda, uz. 3–5 m, eni va bal. 1 m atrofida, toʻr simining yoʻgʻonligi 1–6 mm boʻladi. Suvda oqib keladigan toshlar G. simlarini qirqib yubormasligi uchun chetlariga yirik toshlar solinadi. G. ning usti baʼzan sement bilan suvaladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil