[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Montaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Montaj (frans. monter — koʻtarmoq) — 1) apparatlar, asboblar, bi-nolar, inshootlar, jihozlar, mashinalar va boshqa qurilmalarni tayyor detallar, qismlar va elementlardan yigʻish, toʻplash. Quril i shda — bino va inshootlarni yirik panellar, bloklar va plitalardan yigʻish. Montajda koʻtarish kranlari, payvandlash qurilmalari, turli moslamalar va asboblardan foydalaniladi. Radioelektron i kada — radioelektron apparatlar (radiopriyomnik, magnitofon, televizor va boshqalar) ni ayrim elementlar, elektr izolyasiya detallari, simlar, platalar, tranzistorlar va boshqalardan yigʻish. Bunda kavsharlash, payvandlash, ulash ishlari asosan avtomatlashtiriladi. Mikrominiatyur elektr va radioelementlarning paydo boʻlishi Montaj ishlarini ancha osonlashtiradi, sifatini oshiradi, butun jarayonni toʻliq avtomatlashtirishga imkon beradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil