[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

urinmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

u-rin-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Oʻzini har tomonga urmoq, har yoqqa talpinmoq; harakat qilmoq, in-tilmoq. ◆ Qafasda qush urinayotir. n Bozor-da yurgan xalq — fuqaro ham kir-yupun, isqirt, gʻazabli, shoshadi, turtinadi, uri-nadi. Oybek, Tanlangan asarlar.

2 Biror ishni bajarishga kirishmoq; unnamoq, tutinmoq; biror ish bilan band, ovora boʻlmoq. [Nazokat] ◆ Oshga urindi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ Chol oynagini olib, koʻz yoshini artdi va yana ishga urindi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Sayfini ilgariroq ishga joʻnatdim-da, oʻzim nimagadir urinib, kechroq qolib bordim. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

3 Biror ishni bajarish, biror narsaga erishish va sh.k. uchun harakat qilmoq, hara-katida boʻlmoq. ◆ Qiz uni [tovuqni] ushlab ol-gani koʻp urindi, juda qiynalib ketdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Aʼzam kun boʻyi Muhiddinni xoliroq uchratishga urinib koʻr-di, boʻlmadi. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ . ◆ Iloji boricha uning sheʼrlarini yerga urish-ga, Feruzning koʻzi oldida obroʻsizlantirish-ga urindilar. S. Siyoyev, „Avaz“ .

4 Holdan toymoq; charchamoq; qiynalmoq. [◆ Ugʻil:] Jon ona, oʻzim yoʻlda juda urinib keldim. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Bir oz kutmabsiz-da, qori aka, issiqda ancha urinib qolibsiz. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Kumu shbibi.. ogʻriqlardan shikoyat qilib yurar, shuning uchun onasi "tinch uxlasin, ortiq urin-masin!" deb bugun namozga ham uygʻottirma-gan edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

5 koʻchma Asli holatini, sifatini yoʻ-qotmoq: eskirmoq. ◆ Uringan roʻmol. yash Uyga urinib, ezilib qaytib kelgan nonni yeydigan odam yoʻq. S. Ahmad, „Non-nasibamiz haqida“ . ◆ Maktub anchagina uringan, qogʻoz shalaqlan-gan edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ [Chopon] Juda yangi boʻlmasa ham, har holda urinma-gan.. T. Malik, „Ajab dunyo“ .

Soʻz urinmoq Soʻz aylanmoq, soʻz tegin-moq. ◆ Soʻz urindi, soʻzdan soʻz chiqdi, nihoyat, hojining kutganidek, oʻgʻsh hasrati ham bosh-landi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

УРИНМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

Feʼl

[tahrirlash]

urinmoq urinmoq

urinmoq
возвр. от urmoq
1
трепыхаться; биться; рваться (откуда-л.); qafasda qush urinayotir птица бьётся в клетке;
2 хвататься, набрасываться; yosh bolalar har narsaga urina beradi малые дети всюду лезут;
3 сильно устать, обессилеть, терять силу, бодрость (вследствие чрезмерных усилий); сдать, сдавать, ослабнуть; kasal ancha urinib qoldi больной очень сдал, обессилел; больной заметно ослабел; koʻp yugurma - urinasan не бегай много -устанешь;
4 пытаться, делать попытки; силиться, прилагать усилия; возиться, суетиться, хлопотать; eshikni ochishga ancha urindim я долго возился с дверью, чтобы открыть её; soatni tuzatishga u ancha urindi он долго старался починить часы; siz ortiqcha urindingiz вы чересчур старались; вы напрасно старались; yukni koʻtarishga urinib koʻrmoq сделать попытку поднять груз; попытаться поднять груз;
5 обиваться, затаскиваться, занашиваться (об одежде); paltong bir oz urinibdi твоё пальто слегка обилось; urinib qolgan koʻylak заношенная рубашка; заношенное платье;
6 загрязняться (об одежде); choponing urinibdi твой халат загрязнился; uringan kiyim замызганная одежда;
7 слегка протухать, начинать тухнуть (преимущественно о мясе, сале); goʻsht urinibdi мясо слегка попахивает.