[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

sichqon

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

sich-qon

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

SICHQON 'kalamushdan kichik kemiruvchi sutemi-zuvchi hayvon'. S i ch h o n sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot sïchgʻan tarzida ta — laffuz qilingan (Devon, I, 411); keyinroq gʻ undoshi q undoshiga almashgan (ДС, 502); oʻzbek tilida q undoshi — ning taʼsirida uning ketidagi a unlisi â unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: sïchgʻan > sïchqan > sichqân.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Yer yuzida keng tarqalgan, xavfli kasalliklar tarqatadigan kichik kemiruvchi sutemizuvchi hayvon. ◆ Shu payt ammamning yaqinda bolalagan targʻil mushugi, ogʻzida sichqon tishlagancha, uyga kirib ketdi. R. Azizxoʻjayev, „Yashil chayla“ . ◆ Qayerdadir yul-gʻun tagida choʻl sichqonimi, nimadir nogoh shitirladi-yu, Zulxumor choʻchib tushdi. M. Mansurov, „Yombi“ .

2 Muchal yil hisobida birinchi yil nomi. ◆ Uning yili — sichqon.

Sichqon yili Muchal yil hisobida birinchi yil (q. muchal).
Arslonning oʻligi — sichqonning tirigi Katta martabali kishi martabasidan tush-ganda ham, oddiy kishilardan yuqori tu-radi, kattaligicha qoladi, degan maʼnodagi ibora. Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga Imkoniyatlarini hisobga olmay daxmaza ortgirgan kishiga nisbatan ayti-ladigan maqol. Sichqon surdi Kasallikdan endigina tuzalgan kishi birinchi bor uyi-dan chiqib, biror joyga borganda aytila-digan ibora. ◆ -Hamzaxonni bugun-erta sichqon surdi qilib, koʻchaga olib chiqamiz, xolajon, xudo xohlasa, — dedi Umar polvon qoʻlidagi tugunni Jahonbuviga uzatib. K. Yashin, „Hamza“ . Sichqonning ini ming tanga Qochishga joy topa olmay qolingan paytda aytila-digan ibora. ◆ Madrasalar ham jimjit, fa-lakiyot mudarrislari, handasayu riyoziyot mul-lolari uchun sichqonning ini ming tanga boʻlib ketgan edi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

34—Oʻzbek tilining izohli lugʻati

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

СИЧҚОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

sichqon
мышь; ◆ sichqonning ini мышиная норка; ◆ sichqonning oʻlgisi kelsa, mushuk bilan oʻynashadi погов. если мыши придёт время умирать, она заигрывает с кошкой; ◆ arslonning oʻligi - sichqonning tirigi погов. см. ◆ arslon 1; sichqonning ini ming tanga погов. см. in 2; ◆ sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga см. ◆ bogʻlamoq I; sichqon yili год мыши (первый год двенадцатилетнего животного цикла; см. muchal); ◆ 

  • koʻr sichqon крот; ◆ oq sichqon горностай; ◆ sichqon surdi первый выход выздоровевшего человека.