choyshab
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]choy-shab
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]CHOYSHAB Bu ot 'oʻrin' maʼnosini anglatadigan joū oti bilan (ТжРС, 517) 'tun' maʼnosini anglatadigan shab otidan (ТжРС, 448) tuzilgan boʻlib, oʻzbek tilida j tovushi ch tovushiga almashtirilgan; 'toʻshak ustidan yoziladigan yalangqavat mato' maʼnosini anglatadi (OʻTIL II, 377). ’
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash][f. yoki I a .t.jU, —
tungi chodir, yopinchiq] Oʻrin-toʻshak ustiga yoziladigan yalangqavat toʻrtburchak mato, yopinchiq. ◆ Oq choyshab. yash [Polina] Qoʻlti-gʻidagi choyshab va adyomarni burchakdagi boʻsh karavot ustiga qoʻyib, birin-ketin yozdi. Sh. Xolmirzayev, „Bodom qishda gulladi“ . ◆ Bir-lashmada choyshab va yostiq jildi tikiladi. Gazetadan .
- Oq choyshab 1) gulsiz, gul bosilmagan choyshab; 2) koʻchma qor. ◆ Qish kelib, yaylov va oʻrmonlar ustiga oq choyshabini yozguniga qa-dar gul-chechaklar kulib boqqani-boqqan. N. Safarov, „Olovli izlar“ . Surmarang choyshab koʻchma Nimqorongʻilik. ◆ Qosh qorayib, surmarang choyshab borliqqa taraldi. "Sharq yulduzi" .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ЧОЙШАБ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.