[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Jump to content

olam

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

o-lam

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

a. عَالَم — dunyo, jahon; koinot; xalq, omma

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

1 Butun mavjudot, borliq, koinot, dunyo. -Ayb mening oʻzimda, — dedi u [boy] zardasi qaynab. — ◆ Olam bino boʻlgandan beri yaxshilikka — yomonlik, xizmatga tuh-mat boʻlib kelgan. S. Ayniy, Doxunda.

Oʻn sakkiz ming olam esk. Butun koinot, butun borliq, butun dunyo.

2 Butun jahon, dunyo, yer yuzi va undagi insonlar, xalkdar ◆ Paxtamizning shuhrati butun olamga mashhur. n ◆ Hakimboyvachcha-ning ovozasi olamni tutadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

3 Tabiatda mavjud boʻlgan narsalarning alohida bir toʻpi, dunyosi. ◆ Oʻsimliklar ola-mi. yash Titrash oʻsimlik olamiga ham halo-katli taʼsir etadi. "Fan va turmush" .

4 Oʻziga xos xususiyatlari, maqsadi, mas-lagi bilan ajralib turadigan ijtimoiy guruh, jamiyat.

Yangi olam 1) biror ijtimoiy formatsiya oʻrnini olgan ikkinchi, yangi formatsiya. ◆ Yangi olamga kirgan odamlarning hammasi oyogʻida eski olamning loyi bilan kirgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari; 2) koʻchma yangi sharoit, yangi muhit. ◆ Umrini shaharda, shovqinli sexlarda oʻtkazgan bu yigit uchun qishloq mutlaqo yangi olam edi. S. Ahmad, „Hukm“ .

5 Odamning maʼnaviy, ichki dunyosi; oʻzi-ga xosligi. ◆ Inson ruhiy olamining eng nozik nuqtalarini his etib, voqea va hodisa-larning eng dolzarb jihatlarini badiiy aks ettirmogʻim lozim boʻladi. "OʻTA" .

6 Biror soha, jabha. ◆ Ilm olami. Siyosat olami. m U ◆ endi.. Salimxondan koʻp soʻzlay-di, hatto Salimxonni siyosat olamiga sud-raydi. A. Qahhor, „Sarob“ . ◆ Fan olamida yangi-lik yaratish istagi uning qalbini qamray boshladi. S. Karomatov, „Oltin qum“ .

7 din. Bu dunyo; mavjud dunyo. ◆ Olamdan oʻt-moq. yaya Qutbinisa onasi olamdan oʻtgandan buyen endi ohorli kiyim kiyishi edi. S. Ahmad, „Ufq“ .

Bir olam 1) oʻziga xos bir dunyo. ◆ [Nor-mat] 1940 yili [Moskvadagi] qishloq xoʻ-jalik vistavkasini koʻrgandayoq: -Vistav-kaning oʻzi bir olam, — degan edi. I. Rahim, „Chin muhabbat; 2) juda koʻp, behad koʻp, koʻp-dan-koʻp, son-sanoqsiz“ . ◆ U Moskavadan bir olam taassurotlar bilan qaytdi. T. Ashurov, „Oq ot“ . Boshqa olam Xulq-atvori boʻlak, boshqacha. ◆ Ot esa tamom boshqa olam, ayniqsa mening qorabayirim. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . Jumla(i) olam Olamdagi hamma odam yoki narsa. ◆ Oltin tuprogʻingda jumla olam bor. H. Gʻulom . Ikki olamda Hech vaqt, hech qachon. Olam guliston q. guliston. ◆ Hammasiga oʻsha moshak sababchi. "Keling", deb telefon qil-maganda, olam guliston edi. N. Aminov, „Qah-qaha“ . Olam hodis Mabodo, ehtimol, boʻlishi mumkin, balki. ◆ Olam hodis, qoʻlga tushib qolsang, soʻroq kezida aybni faqat oʻz boʻy-ningga olib, oraga meni qotishtirmaysan! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Olamga sigʻmay ketdi Behad xursand boʻldi. ◆ Koʻrmaysizmi: suvning sharpasini eshitib, bechora [dehqon]lar olamga sigʻmay ketdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Parvardigori olam Olloh; olamning yara-tuvchisi, xalloqi olam, xudo. ◆ Parvardigori olam duolarimizni mustajob qilgay. Pod-shohi olam esk. Zoʻr podshoh, ulugʻ podshoh. Xalloqi olam q. xalloq. Husn olami Husn-dor kishilar, nozaninlar toifasi. ◆ Bu uza-tish (toʻy) majlisini jonli, ruhli oʻt-kazmoq uchun barcha qizlar oʻzlarining eng asl, eng nafis kiyimlarini kiyib, favqulodda husn olamini yana bir qat, yana bir qayta bezabdilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Sinonimlari

[edit]

dunyo, jahon; koinot;

Antonimlari

[edit]

OLAM. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

olam
1 vselennaya, mir; ◆ olamning paydo boʻlishi proisxojdenie vselyonnoy; ◆ oʻn sakkiz ming olam rel. vsya vselennaya, vosemnadtsatь tыsyach mirov (iz kotorыx, soglasno dogmatam musulьmanskoy religii, sostoit vselennaya);
2 mir, tsarstvo; ◆ oʻsimliklar olami rastitelьnыy mir, rastitelьnoe tsarstvo; ◆ hayvonot olami jivotnыy mir, jivotnoe tsarstvo; ◆ yulduzlar olami zvyozdnыy mir;
3 svet, mir, zemlya; ◆ SSSR Konstitutsiyasi olamda birdan-bir, oxirigacha demokratik konstitutsiyadir Konstitutsiya SSSR edinstvennaya vmire do kontsa demokraticheskaya konstitutsiya; ◆ bu xabar butun olamga yoyildi eto izvestie obletelo vesь mir; ◆ uning ovozasi olamni tutdi ego slava obletela vesь mir; ◆ olamda birinchi pervыy v mire, neprevzoydyonnыy; ◆ podshohi olam 1) ust. shax vsey zemli, vladыka mira; 2) peren. iron. povelitelь; ◆ shahnshohi olam ust. shax shaxov, povelitelь mira; ◆ olam hodis pache chayaniya; na svete vsyo vozmojno;
4 mir (opredelyonnыe krugi obщestva); ◆ artistlar olami artisticheskiy mir; ◆ 

  • olam guliston sm. ◆ guliston; olamdan oʻtmoq pokinutь mir, umeretь; ◆ olam-olam ili ◆  olam-jahon beschislennoe mnojestvo, velikoe mnojestvo; uyma; ◆ mitingga olam-jahon odam keldi na miting prishlo mnojestvo lyudey; ◆ bir olam 1) spetsificheskiy mir, nechto osoboe; 2) ochenь mnogo; // beschislennыy, mnogochislennыy; ◆ boshqa olam sovershenno inaya (neponyatnaya) veщь; nechto, ne poddayuщeesya ponimaniyu; ◆ jumlai olam vse suщee; ◆ ikki olamda nikogda; ni na etom, ni na tom svete; parvardigori ili ◆  xalloqi olam sozdatelь mira (epitet Allaxa); ◆ husn olami mir krasotы.