[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

yay-doq

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

YAYDOQ ’egar-jabduqsiz’. Yarim soatdan keyin haligi yigit ya y d o q ot ustida oʻqday uchib oʻtdi (Asqad Muxtor). Bu sifat qadimgi turkiy tildagi ’tarqat-’, 'xoli qil' maʼnosini anglatgan yay- feʼli — ning (ПДП, 383; DS, 226) kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi -la qoʻshimchasi bilan hosil qilingan shakliga (ЭСТЯ, IV, 79) —q qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan; keyinchalik l undoshi d undoshiga, q undoshi oldidagi a unlisi â unlisiga, birinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga almashgan: (yay- + la = yayla-) + q = yaylaq > yaydaq > yaydâq > yäydâq. Bu ot yäydâv shaklida ham ishlatiladi; bunda q undoshi v undoshiga almashadi: yäydâq > yäydâv (UTIL, II, 476).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1. Egar-jabduqsiz, yalangʻoch (ot haqida). ◆ Yaydoq otni yetaklab olgan baland boʻyli xushmoʻylov yigit anhor tomonga oʻtib ketdi. S. Ahmad, „Qadrdon dalalar.“ ◆ Yarim soatdan keyin haligi yigit, yaydoq ot ustida oʻqday uchib oʻtdi. A. Muxtor, „Opa-singillar.“ ◆ Yigitlar otlarni yaydoq minib, uy anjomlarini tepaliklarga tashimoqdalar. M. Muhammadjonov, „Turmush urinishlari.“

2. koʻchma Oʻsimlik oʻsmaydigan, oʻt-oʻlansiz, dov-daraxtsiz; yap-yalangʻoch. ◆ Yaydoq choʻl. ◆ Yaydoq Boʻz ham madaniy, Biz uni yuganladik. Gʻ. Gʻulom. ◆ Toʻrtkoʻl desam, Nukus qalʼam sogʻintirar, Chimboydagi yaydoq dalam sogʻintirar. S. Akbariy.

3. koʻchma Hech narsasi yoʻq; qashshoq. ◆ Buni haydang, sira qoʻymang, Ishi savdoyu xarid, olti kunda hammani Yaydogʻu yakson qiladir. Hamza.

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ЯЙДОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

yaydoq
1 голый, лишённый растительного покрова; ◆ atrof yaydoq choʻl кругом голая степь; ◆ yarim yaydoq daraxtlar полуголые деревья;
◆ 2 = yaydov; yaydoq ot неосёдланная лошадь;
3 перен. лишившийся всего; голый, разорённый; ◆ yaydoq qilmoq сравнять с землей; разорить.