sichqon
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashsich-qon
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashSICHQON 'kalamushdan kichik kemiruvchi sutemi-zuvchi hayvon'. S i ch h o n sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot sïchgʻan tarzida ta — laffuz qilingan (Devon, I, 411); keyinroq gʻ undoshi q undoshiga almashgan (ДС, 502); oʻzbek tilida q undoshi — ning taʼsirida uning ketidagi a unlisi â unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: sïchgʻan > sïchqan > sichqân.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash1 Yer yuzida keng tarqalgan, xavfli kasalliklar tarqatadigan kichik kemiruvchi sutemizuvchi hayvon. ◆ Shu payt ammamning yaqinda bolalagan targʻil mushugi, ogʻzida sichqon tishlagancha, uyga kirib ketdi. R. Azizxoʻjayev, „Yashil chayla“ . ◆ Qayerdadir yul-gʻun tagida choʻl sichqonimi, nimadir nogoh shitirladi-yu, Zulxumor choʻchib tushdi. M. Mansurov, „Yombi“ .
2 Muchal yil hisobida birinchi yil nomi. ◆ Uning yili — sichqon.
- Sichqon yili Muchal yil hisobida birinchi yil (q. muchal).
- Arslonning oʻligi — sichqonning tirigi Katta martabali kishi martabasidan tush-ganda ham, oddiy kishilardan yuqori tu-radi, kattaligicha qoladi, degan maʼnodagi ibora. Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga Imkoniyatlarini hisobga olmay daxmaza ortgirgan kishiga nisbatan ayti-ladigan maqol. Sichqon surdi Kasallikdan endigina tuzalgan kishi birinchi bor uyi-dan chiqib, biror joyga borganda aytila-digan ibora. ◆ -Hamzaxonni bugun-erta sichqon surdi qilib, koʻchaga olib chiqamiz, xolajon, xudo xohlasa, — dedi Umar polvon qoʻlidagi tugunni Jahonbuviga uzatib. K. Yashin, „Hamza“ . Sichqonning ini ming tanga Qochishga joy topa olmay qolingan paytda aytila-digan ibora. ◆ Madrasalar ham jimjit, fa-lakiyot mudarrislari, handasayu riyoziyot mul-lolari uchun sichqonning ini ming tanga boʻlib ketgan edi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .
34—Oʻzbek tilining izohli lugʻati
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashСИЧҚОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashRuscha ru
sichqon
мышь; ◆ sichqonning ini мышиная норка; ◆ sichqonning oʻlgisi kelsa, mushuk bilan oʻynashadi погов. если мыши придёт время умирать, она заигрывает с кошкой; ◆ arslonning oʻligi - sichqonning tirigi погов. см. ◆ arslon 1; sichqonning ini ming tanga погов. см. in 2; ◆ sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga см. ◆ bogʻlamoq I; sichqon yili год мыши (первый год двенадцатилетнего животного цикла; см. muchal); ◆
- koʻr sichqon крот; ◆ oq sichqon горностай; ◆ sichqon surdi первый выход выздоровевшего человека.