[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

kor-chal-lon

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

KORCHALON Bu sifat 'ish' maʼnosini anglatadigan tojikcha kor otiga (ТжРС, 192) 'harakatga keltir-' maʼnosini anglatadigan forscha [chälanidän\ feʼlining (ПРС, 165) chalon (chälan) hozirgi zamon asosini qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'oʻzini ishbilarmon qilib koʻrsatuvchi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 399). Tojik tili lugʻatida bunday maʼnoli feʼl challondan shaklida keltirilgan (ТжРС, 436); oʻzbek soʻzlashuv tilidagi korchallon shaklli sifat ana shu feʼl asosida yuzaga kelgan (ТжРС, 194; OʻTIL, I, 399).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnosi

tahrirlash
  1. Oʻzini hammadan bilimdon deb hisoblovchi, bilarmon; mahmadona. ◆ Sanamay sakkiz deb yurgan ekansiz, korchalon keksa! Oybek, „Oltin vodiydan shabadalar“ .
  2. Ishbilarmon, epchil. ◆ U [Alimardon] qay darajada korchalon va uddaburoligini, bekning oldida katta obroʻga egaligini xoʻjayinga uqtirish fikrida edi. S. Ayniy, „Doxunda.“ ◆ Azimjon oʻzi badavlat korchalon, yigit yoshidan buyon qorakoʻl boʻyicha noyob mutaxassis. A. Muxtor, „Chinor.“ ◆ Okean naryogʻidagi bir kophojuoh yumshoq kresloda pinakka ketib oʻtirardi. „Mushtum“.

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

КОРЧАЛЛОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash