[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

Oʻzbekcha (uz)

gul I

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

Aytilishi

Etimologiyasi

GUL I Bu ot ПРСda [gol] shaklida (425), ТжРСda gul shaklida (106) keltirilgan; demak, oʻzbek tiliga tojik tilidan olingan; 'oʻsimlikning Urchish uchun xizmat qiladigan gulbarg, changdon, gulkosadan iborat kismi', 65 'chechak' maʼnolarini anglatadi (OʻTIL, I, 195). Bu ot bilan oʻzbek tilida gulla- feʼli, gulchi oti yasalgan, gulhaychi qoʻshma oti tuzilgan. GUL II Bu ot maʼno taraqqiyoti yoʻli bilan gul I otidan ('qizil rangli gul' —" 'qizil rangli toshma') üsib chiqqan boʻlib, 'kizilcha, qizamiq' kabi kasalliklarda badanda paydo boʻladigan mayda qizil rangli toshma' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 196).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

forcha: گُل — chechak

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1. Yopiq urugʻli oʻsimliklarning urchish uchun xizmat qiladigan, gulband, kosachabarglar, tojbarglar, changchilar va urugʻchidan iborat qismi.

◆ Olma guli. Iok guli. shsh Nurining hovlisida-gi giloslar gullagan. Ularning oppoq, koʻrkam gullari quyosh nurida juda nafis tovlanar. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

2. Atirgul va umuman ziynat uchun ekiladigan yoki tabiiy, oʻzi oʻsadigan gulli oʻsimliklar; chechaklar.

◆ Pushti gul. Oq gul. Qoʻqon gul. Tikansiz gul boʻlmas, mashaqqatsiz — hunar. Maqol .

◆ Dala yoʻlining ikki tomonidagi bogʻlar tutash gullar bilan qoplangan. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

◆ Cyna-larning oralariga, atrofiga anvoi gullar ekilgan. A. Qaqhor, „Asror bobo“ .

Qizil gul q. qizil
  1. Tuvak gul. Tuvakda oʻstiriladigan xonaki gul.

3. Biror narsaga tabiatdagi gullar shaklida chizib, tikib, bosib yoki oʻyib tushirilgan bezak, naqsh; ornament.

◆ Tez kunda albomning varaqlari fotosuratlarga va boʻyoq qalamda chizilgan gullarga bezandi. Nazir, „Choʻl havosi“ .

◆ Mehrini esa doʻppisining gulidan tanidi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .

4. koʻchma poet. Goʻzal.

◆ Tulni gulga qoʻsh. Maqol .

◆ Ikkovi ham uzilmagan gul. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

◆ Bermagil yovuzlarga bir daqiqa xushnudlik, Gul Vatanning mard oʻgʻli, koʻkragingni qalqon qil. Gʻayratiy .

5. koʻchma (1-sh. egalik qoʻshimchasi bilan murojaat shakli) Yor, sevikli ayol.

◆ Gulim, senga aytar soʻzim bor. tsh Maktubimga javob yozmading, dildor, gulim ham bahorim sensan, Gulbahor. M. Alaviya .

6. koʻchma (3-sh. egalik qoʻshimchasi bilan) Eng yaxshisi, sarasi; fayz kirituvchisi, qi-zituvchisi. ◆ Yigit (lar)ning guli. Ziyoli-larning guli.

◆ Shoʻx qiz, shakar qiz, qizlarning guli, Qoshlaringni koʻrsatgil, men uning quli. S. Ayniy, „Doxunda“ .

◆ Yigitali kelin-kuyovning maqsadi, borar manzilini bilsa ham, ularning salomlariga alik olgach, koʻngil uchun soʻradi: -Ha, yigitning guli, yoʻlingiz boʻlsin? T.Malik, „Ajab dunyo“ .

◆ Fasli bahor. Qoʻshnim Gʻafur Gʻulomning ellik yilligi. Oʻshanda Bulbul Mamedov toʻyxonaning guli boʻlgan edi. H. Nazir, „Maftu-ningman, Ozarbayjon“ .

7. etn. Bahorda, gullar ochilganda, marhum xotirasiga bagʻishlab uning yiliga qadar oʻtkaziladigan marosim.

◆ Cholning yostigʻi tagidan topilgan pul uni koʻmib kelishgagina yetdi. Hali bu yoqda uchi, yettisi, yigirmasi, fotihaxonligi, shakligi, iftorligi, ikki hayiti, guli, qovoq oshi, qovun-uzumi, yil oshisi, oq solar va hokazolar bor. M.Osim, „Tilsiz guvoh“ .

Gul tashlamoq 1) gul-naqsh bilan qop-lanmoq (qishda muz naqshi bilan qoplan-gan oyna haqida); 2) mogʻorlamoq. ◆ Non gul tashlabdi. Gul qilmoq Yashnatmoq, „obod qilmoq; qizitmoq“ . ◆ Xarob boʻlgan roʻzgʻorni Ishlab-ishlab gul hilgan. "Oysuluv" . ◆ Oʻlan aytib, toʻylarni gul qilasiz, Bu xizrni oʻzin-gizga pir qilasiz. "Oq olma, „qizil olma"“ . Oʻn gulidan bittasi ham ochilmagan Yosh, navqiron odam haqida. ◆ Ana shu xayollar Begimxonni bezovta qilardi: -Un gulimdan bir gulim ochilmay turib, tul boʻlib qol-dimmi?! — deb oʻksindi u. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . Qoʻli gul Har ishga mohir, oʻz ishining ustasi. ◆ Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor, qoʻli gul odam. A. Qahhor, „Xotinlar“ .

Sinonimlari

Antonimlari

gul II

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

gul

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

tib. Qizilcha, qizamiq va boshqa baʼzi bir kasalliklar bilan ogʻrigan vaqt-da badanda paydo boʻladigan mayda qizil toshma. ◆ Bolaga gul toshdi. n ◆ Uning bir koʻzi-ga gul tushib, koʻrolmay qolgach, xalq uni Na-zirkoʻr deb atay boshlagandi. J. Sharipov, „Xorazm“ .


Sinonimlari

Antonimlari

ГУЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

gul (koʻplik gullar)

gul
1 цветок, цветы; роза; // цветочный; ◆ qizil~ 1) красный цветок; красная роза; 2) название народных гуляний, устраиваемых весной; ◆ qora~ цветы мальвы (употребляются для окраски ичигов в черный цвет); ◆ sapsar ~ см. gulsapsar; ◆ tugmacha~ бот. бессмертник; ◆ nomozshom ~ бот. ночная красавица; ◆ olma ~i 1) цветок яблони; 2) время цветения яблони; 3) розовый цвет; 4) розового цвета, розовый; ◆ tuvak~ (букв. горшечный цветок) комнатный цветок; ◆ ~tuvak цветочный горшок; ◆ ~day (букв. как цветок) изящная, красивая; ◆ ~ochmoq расцветать, цвести; ◆ ~ini toʻkmoq отцветать (о растениях); ◆ har~ning bir isi bor посл. у каждого цветка свой аромат; ◆ ~tikansizboʻlmas посл. нет розы без шипов;
2узор, орнамент; ◆ ~bosmoq печатать, набивать узоры (на ткани); ◆ ~tikmoq вышивать узоры; ◆ ~solmoq рисовать, вышивать или ткать узоры;
3 перен. лучшая часть, цвет (чего-л); ◆ jamiyatning~i цвет общества;
4перен. сыпь (на теле); ◆ badaniga ~toshdi его тело покрылось сыпью; ◆ 

Datcha (da)

Sifat

gul

Niderlandcha (nl)

Sifat

gul

Norvegcha (bokmål) (no)

Sifat

gul

Shvedcha (sv)

Sifat

gul

Volaypukcha (vo)

Sifat

gul

sariq