[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

Yuz – yirik oʻzbek qabilalaridan biri.

XX asrning boshlarida yuzlar hozirgi Oʻzbekiston va Tojikiston hududida yashagan (60 ming). Yuzlarning boshqa oʻzbek qabilalari bilan aralash holda yashab kelgan guruhlari ham mavjud boʻlib, ular masalan, qirq yuz, moʻgʻul yuz, nayman yuz, turkman yuz va boshqalar etnik nomlar bilan atalgan. Yuzlarning etnogenezi qadimiy qipchoq oʻzbeklari bilan bogʻliq. Yuzlar, asosan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida yashaganlar. Yuzlar 3 ta yirik tarmoqqa boʻlinadi: Marka bolasi, Qorapchi, Rajab bolasi.

XIX asr davomida yuzlarning koʻpchiligi oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Choʻl va togʻ oldida (Jizzax va Oʻratepa oraligʻida) yashovchi yuzlarning bir qismi yarim oʻtroq holda istiqomat qilishgan. Yuzlarning xoʻjaligida dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik ham salmoqli oʻrin tutgan. 1920—1930-yillarida yuzlar oʻzbek xalqi tarkibiga qoʻshilib ketganlar.[1]

Taniqli namoyondalari:
tahrir
  1. Munis Xorazmiy
  2. Ogahiy
  3. Turdi

Manbalar

tahrir
  1. Doniyorov X., Oʻzbek xalqining shajaravashevalari, T., 1968; Karmmsheva B. X., Ocherki etnicheskoy istorii yujnnx rayonov Tadjikistana i Uzbekistana, M., 1976; Boʻriyev O., Etnologiya atamalarining qisqacha izohli lugʻati, Qarshi, 2004.