[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

Yoʻsinsimonlar, moxsimonlar (Bryópsida) — yuksak oʻsimliklarning bir boʻlimi. Baʼzi olimlar arxegonial oʻsimliklar sinfi deb hisoblaydi. Y.da chin ildiz va oʻtkazuvchi toʻqima boʻlmaydi. Tuban Y. tallomli, birmuncha murakkablari esa poya va bargli. Y.da yashil oʻsimlik jinsiy boʻgʻin gametofit, jinssiz boʻgʻin sporofitdan ustunlik qiladi. Jinsiy urchish anteridiy va arxegoniy yordamida sodir boʻladi. Anteridiyda hosil boʻlgan 2 xivchinli spermatozoid suv orqali harakatlanib, arxegoniy tomonga intiladi va tuxum hujayrani urugʻlantiradi. Urugʻlangan tuxum hujayra (zigota) rivojlanib, sporangiy hosil qiladi.

Y. paleozoy erasidan maʼlum. Suvoʻtlarning qadimiy vakillaridan kelib chiqqan. Ikkita sinfi — jigarsimon (Hepaticae) va yaproqsimon (Musci) yoʻsinlar bor. Yer yuzida 40000 ga yaqin turi maʼlum. Y.dan torf hosil boʻlgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil