[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

Yangi OrleanAQShning janubiy qismidagi shahar, Luiziana shtatida. Aholisi 473,7 ming kishi (2002). Missisipi daryosi deltasida, uning Meksika qoʻltigʻiga quyilish qismidan 175 km uzoqda joylashgan. AQSH janubidagi eng yirik dengiz porti. Shahar pasttekislikda joylashganligi uchun atrofi suv toshqinlariga qarshi qurilgan dambalar bilan oʻralgan. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdomoliya va madaniyat markazi. Kemasozlik rivojlangan. Kema taʼmirlash, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Alyuminiy va alyuminiy oksidi ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoatida tropik dehqonchilik mahsulotlari qayta ishlanadi. Untlar, muzeylar bor. Turizm rivojlangan.

Shaharga 1718 yilda fransuzlar tomonidan asos solingan. 18-asrda Ispaniya bosib olgan. 1800 yilda yana fransuzlar qoʻl ostiga oʻtgan. 1803 yildaYangi orleanni AQSH fransuzlardan Luiziana hududi bilan birga sotib olgan.