[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

Pragmatizm (yun. pragmatos — ish, harakat) — falsafiy taʼlimot. 19-asrning 70-yillarida AQSH da shakllanib keng rivojlandi, bu mamlakat maʼnaviy hayotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Oʻtmish falsafasini hayotdan ajralib qolgan, mavhum, kuzatuvchan xarakterga ega deb bilgan. P. vakillari "falsafani taʼmirlash" dasturini olgʻa surdilar. Ular falsafa borliq va bilishning ilk asoslarini idrok etishdan iborat boʻlib qolmasligi kerak, balki kishilarning oldida koʻndalang boʻlib turadigan, turli hayotiy vaziyat, faoliyat jarayonida ular duch keladigan muammolarni hal qilishi kerak deb hisoblaydilar. P. amaliyotda insonga nima koʻproq foyda bersa, oʻshanga koʻproq ahamiyat berish zarur degan gʻoyani ilgari suradi. P.ning asosiy gʻoyalari Ch. Pirsnniki boʻlib, qoidalarini U. Jeyms, J. Dyui, F.K. S. Shiller, J.G.Mid ishlab chiqqanlar.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil