[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

Mesopotamiya (yun. μέσος (mezos) — „orasi“, „oʻrtasi“ va ποταμός (potamos) — „daryo“, yaʼni „ikki daryo oraligʻi“) Tigr va Yevfrat daryolari orasidagi mintaqa boʻlib, asosan hozirgi Iroq hamda shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya va gʻarbiy Eron hududlariga mos keladi.

Qadimgi Mesopotamiya joylashgan hudud.

Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi) — Dajla va Furot daryolarining oʻrta va quyi oqimidagi hudud (Gʻarbiy Osiyoda). Qadimgi Sharqning madaniy markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikda Mesopotamiya hududida ilk davlatlar (Ur, Uruk, Lagash va boshqalar) vujudga kelgan[1].

Mesopotamiya baʼzan „tamaddun beshigi“ deb ataladi, bunga sabab bu mintaqada Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari boʻlganligidir. Temir asrida Mesopotamiya Yangi Ossuriya va Yangi Bobil imperiyalari, keyinchalmk Axamoniylar hukmronligi ostida boʻldi. VII asr Islom fathigacha Sosoniylar tomonidan boshqarilgan bu hudud fathdan soʻng Iroq degan nom bilan ataladigan boʻldi.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil