[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

Andijon uyezdi — Turkiston general-gubernatorligi, Fargʻona viloyatining maʼmuriy-hududiy birligi. Maʼmuriy markazi — Andijon shahri.

Geografiyasi

tahrir

Uyezd Fargʻona viloyatining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, Semirechensk va Sirdaryo viloyatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Maydoni 13 333,2 kv. verst. Yer yuzasi togʻli boʻlib, baland Fargʻona tizma tizmalaridan tashkil topgan. Sunʼiy sugʻorish sharoitidagi vodiylar dehqonchilik uchun qulay boʻlgan, togʻ tizmalarining yon bagʻirlarida keng yaylovlari boʻlgan.

Tarixi

tahrir

uyezd 1876-yilda Qoʻqon xonligining Rossiya imperiyasiga qoʻshib olinib, Fargʻona viloyati tashkil etilgandan soʻng tashkil topgan. uyezdning ilk rahbari Smirnov boʻlgan (boshqa manbalarda Semyonov). Arxiv manbalarning birida Andijon uyezdi boshligʻi podpolkovnik Koshiyevskiy boʻlgani, 1866-yil 8-avgustdan praporshik lavozimida harbiy qismda xizmat qilgani, 1876-yil 6-martdan Andijon uyezd boshligʻining katta yordamchisi boʻlib xizmat qilgani, oʻzbek tilini yaxshi bilgani, mahalliy tilda erkin yozishni bilgani qayd etilgan. 1876-yildan 1917-yil oktyabr toʻntarishiga qadar butun Andijon uyezdi aholisi, hududi uyezd boshligʻi tomonidan cheklanmagan huquq vakolatlar orqali boshqarilgan. uyezd boshligʻi bevosita Fargʻona oblast harbiy gubernatoriga boʻysungan[1].

Maʼmuriy boʻlinishi

tahrir

Uyezd yer oʻlchovchisi V.Kolodovkinning 1890-yili tuzgan („Karta Andijanskogo uyezda Ferganskoy oblasti“) xaritasida Andijon uyezdi tarkibiga 22 volost boʻlgan.

Volostlar
Volostlar Asl nomi Hozirgi hududi
Baliqchi Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Norin Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston, Namangan viloyati
Xaqulobod Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston, Namangan viloyati
Izboskan Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Oltinkoʻl Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Xakan Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston
Yorboshi Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston
Magir
Novkent Qirgʻiziston bayrogʻi  Qirgʻiziston
Qoʻqonqishloq Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston
Bozorqoʻrgʻon Qirgʻiziston bayrogʻi  Qirgʻiziston
Oyim Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Qoʻrgʻontepa Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Qorasuv Qirgʻiziston bayrogʻi  Qirgʻiziston Oʻsh viloyati,

Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston Andijon viloyati

Koʻgart Qirgʻiziston bayrogʻi  Qirgʻiziston
Jalaquduq Oʻzbekiston bayrogʻi  Oʻzbekiston, Andijon viloyati
Maylisoy Qirgʻiziston bayrogʻi  Qirgʻiziston
Mosi Qirgʻiziston bayrogʻi  Qirgʻiziston
Kenkolqoragir
Qorakoʻlsarisuy
Jalolobod Qirgʻiziston bayrogʻi  Qirgʻiziston
Chankent Qirgʻiziston bayrogʻi  Qirgʻiziston

Aholisi

tahrir

1900-yilda uyezdda 351 187 kishi istiqomat qilgan. Aholisi sartlar, qipchoqlar, qirgʻizlar va oz sonli ruslardan iborat boʻlgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, R; Ishoqov, A. Andijon Tarihidan lavhalar. Andijon: «Sharq» nashriyoti, 2013. 
  2. Энциклопедический словарь „Андижанский уезд“. Qaraldi: 11-noyabr 2022-yil.[sayt ishlamaydi]