[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

2011-yil (MMXI) shanba kuni boshlangan oddiy (yaʼni kabisa emas) yildir. 3-ming yillik va 21-asrning 11-yilidir. Oʻzbekistonda Kichik biznes va tadbirkorlik yili deb eʼlon qilingan.[1] Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2011-yilni Xalqaro kimyo yili, Xalqaro afrikaliklar yili, Xalqaro oʻrmonlar yili va Xalqaro yoshlar yili deb atagan.[2]

Ming yilliklar: 3-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:

Voqealar

tahrir

zarar etkazdi.

  • 1-yanvar - Dilma Rusef Braziliya prezidenti (Davlat tarixida birinchi ayol prezident) etib tayinlandi.
  • 7-29 yanvar - Qatarda futbol boʻyicha bo'lib oʻtgan XV Osiyo chempionatida Yaponiya terma jamoasi toʻrtinchi marta qit’a chempioni boʻldi. Yaponiya va Avstraliya oʻrtasida boʻlib oʻtgan final oʻyinini oʻzbekistonlik FIFA referisi, 2010 yilda jahonning ikkinchi hakami va Osiyoning birinchi hakami Ravshan Ermatov boshqardi. Unga oʻzbekistonlik qanot hakamlari Abdulhamid Rasulov va Rafael Ilyasov yordam berishdi. Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marta yarim finalga chiqdi va kuchli toʻrtlikdan joy oldi.
  • 14-yanvar - Tunis prezidenti Zin al-Obidin bin Ali lavozimidan chetlatildi va u mamlakatdan qochib ketishga majbur boʻldi.
  • 19-yanvar - Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) so'rovi bo'yicha jahonning eng yaxshi hakamlari orasida oʻzbekistonlik Ravshan Ermatov ikkinchi o'ringa loyiq topdi.
  • 25-yanvar- 11-fevral - Misrda 30 yil mobaynida prezidentlik lavozimida turgan 83 yoshli Husniy Muborak rejimiga qarshi norozilik boshlandi. Namoyishga chiqqan 300 dan ortik kishi hukumat kuchlari tomo­nidan oʻldirildi. Mamlakat poytaxti Qohira, Iskandariya va boshqa shaharlarda komendantlik soati joriy qilindi. Rejimga karshi norozilik Husniy Muborakning iste’fosi bilan yakunlandi.
  • 17-fevral - Liviya Arab Sotsialistik Xalk Jamahiriyasida Liviya inqilobi rahbari va jamahiriya boshligi Muyammor Qazzofiy hokimiyatiga

karshi norozilik chiqishlari boshlandi. Qazzofiy 1969 yil 27 yoshida hokimiyatni egallagan edi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, hukumat kuchlari 300 dan ortiq (ayrim manbalar­ da 1000 dan ortik) kishini oʻldirdi. Liviya Arab davlatla­ri ligasidan chiqarildi.

Vafot etganlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 2011-yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, 2011-04-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-13
  2. United Nations Observances, International Years