[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/

2001

Ming yilliklar: 3-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 2001-yil — „Onalar va bolalar“ yili yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining „Fuqaro muhofazasi“ — „Grajdanskaya zashita“ jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi.
  • 4-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmoyishi eʼlon qilindi.
  • 9-yanvar — Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti boʻlib oʻtdi.
  • 19-yanvar — „Umid nihollari“ oʻyinlari oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
  • 24-yanvar — Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari ishtirok etgan „Suv — kelajak zahirasi“ shiori ostida seminar trening oʻtkazildi.
  • 25-yanvar — „Toshkent—Moskva—Toshkent“ yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchi poyezdi qatnay boshladi.
  • 2-fevral — Chirchiq shahrida gaz haydash kompressorlarini qayta taʼmirlashga ixtisoslashgan „US-DR servis markazi“ Oʻzbekiston — Gollandiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 6-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Onalar va bolalar“ davlat dasturi toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilindi.
  • 15-mart — Toshkentda „Internet. UZ“ 1-milliy internet-festivali oʻtkazildi.
  • 15-mart — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent yoʻlovchi vagonlarni taʼmirlash zavodi ishga tushdi.
  • 17-mart — „Miskin—Uchquduq“ temir yoʻli (224 km) qurilishi yakunlandi.
  • 20-mart — Oʻrta Osiyoda yagona Qizilqum fosforit kombinatining 1-navbati toʻla quvvat bilan ishlay boshladi.
  • 21-mart — Nukus tumanida „Qoraqalpoqtomat“ korxonasi ishga tushdi.
  • 24-mart — Fargʻonada yirik furan birikmalari kimyo korxonasida sellyuloza ishlab chiqarish inshooti ishga tushdi.
  • 25-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi.
  • 28—29-aprel — Toshkentning „Yunusobod“ sport majmuida oʻzbek kurashi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
  • 30-aprel — Jizzax shahrida ilk bor oʻtkazilayotgan „Barkamol avlod“ sport oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 30-aprel. Namanganda „Asnam tekstil“ qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 1-may — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.
  • 1-may — Toshkentda Oʻzbekiston shoshilinch tibbiy yordam markazi faoliyat boshladi.
  • 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xorazm viloyatining Bogʻot, Jizzax viloyatining Zafarobod, Mirzachoʻl, Doʻstlik tumanlarida, Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida, Guliston shahrida Xotira xiyobonlari barpo etildi.
  • 18-may — Shahrisabzdagi Amir Temur nomidagi madaniyat muzeyida ramziy Tinchlik ustunining oʻrnatilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.
  • May — Andijon shahridagi Bobosaddin mahallasidan qadimiy mis tangalar topildi. Bu tangalar 1428—29 yillarga oid boʻlib, Mirzo Ulugʻbek davriga toʻgʻri keladi.
  • May — „Vatanparvar“ tashkiloti huzurida „Shonli Vatan tarixi“ muzeyi ochildi.
  • 23-may — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2001-2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, „Internet“ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
  • 14—15-iyun — Xitoyning Shanxay shahrida Oʻzbekistonning „Shanxay forumi“ga toʻla huquqli aʼzo boʻlishi toʻgʻrisidagi bayonot imzolandi. Oʻzbekiston Prezidenti taklifi bilan „Shanxay forumi“ nomi „Shanxay hamkorlik tashkiloti— SHHT“ deb oʻzgartirildi.
  • 22-iyun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish toʻgʻrisida“gi, „Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarorlari qabul qilindi.
  • Iyun — Toshkentda mamlakatimizda yagona „SOS — Bolalar mahallasi“ ochildi.
  • 6-iyul — AQShda faxriylar oʻrtasida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida oʻzbekistonlik Farhod Ogʻayev chempion unvoniga sazovor boʻldi.
  • 6-iyul — Chirchiqda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining barcha qoʻshin turlari uchun serjantlar tayyorlaydigan maktab ochildi.
  • 9-iyul — „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ markazida erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha 9-jahon chempionati boshlandi.
  • Avgust — Toshkentning Yunusobod tumanida suv sporti saroyi qurildi.
  • 17-avgust — „Matiz“ rusumli avtomobilning xalqaro taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 17-avgust—1-sentyabr — Toshkentda tennis boʻyicha „Birlashgan Millatlar Tashkiloti“ (UN Cup) xalqaro oʻsmirlar turniri boʻlib oʻtdi.
  • Avgust — Fargʻona shahrida Janubiy Koreya hamda Yaponiya bilan hamkorlikda „Kabul— Fargʻona kompani“ toʻqimachilik qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 18-iyul — „Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ esdalik nishoni taʼsis etildi.
  • 26-avgust — „Sharq taronalari“ uchinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.
  • 30-avgust — Toshkent shahrida akademik drama teatri yangi binosining ochilish marosimi boʻldi.
  • Avgust. Navoiy shahrida „Alisher Navoiy yodgorlik majmui“ ochildi.
  • 11-sentyabr — Toshkentda tennis boʻyicha „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi“ xalqaro turniri boʻldi.
  • Sentyabr — Toshkent viloyatining Chinoz tumanida „Chinoz toʻqimachi LTD“ Oʻzbekiston—Turkiya—Yaponiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi. Sentyabr — „Oʻzbekiston Respublikasining yer resurslari atlasi“ bosmadan chiqdi.
  • 21-sentyabr — Hamza nomidagi teatr nomi oʻzgartirilib „Oʻzbek milliy akademik drama teatri“ deb atala boshladi.
  • 21-sentyabr — „Meros“ ilmiy-amaliy ekspeditsiya xalqaro xayriya jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
  • 22-oktyabr — Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
  • 23-oktyabr — Oʻzbekiston bolalar kutubxonalarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashuvchi xayriya jamgʻarmasi rasmiy roʻyxatdan oʻtdi.
  • 3-noyabr — Urganchda „Avesto“ kitobining 2700-yilligiga bagʻishlab yubiley oʻtkazildi va yodgorlik majmui bunyod etildi.
  • 21-noyabr — R. R. Shreder nomidagi Oʻzbekiston bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilganining 100 yilligi nishonlandi.
  • 26-noyabr — Surxondaryo davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi.
  • 6-dekabr — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 7-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasi referendumi oʻtkazish toʻgʻrisida“ qaror qabul qilindi. Qarorda 2002-yil 27-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining referendumi oʻtkazish, unda kelgusi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylashga, ikkinchi masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yilga oʻzgartirishga rozilik masalasi qoʻyildi.
  • 7-dekabr — Matbuotda Oliy Majlisning Oʻzbekiston xalqiga murojaati eʼlon qilindi. Unda xalqaro terrorizm xavfiga qarshi mamlakatimiz aholisi ogohlikka chaqirildi.
  • 8-dekabr — Toshkentda „Kitob dunyosi“ axborot-maʼlumot gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 21-dekabr — Shoʻrtan gaz-kimyo majmui ishga tushdi. 28-dekabr — Akademik Habib Abdullayev nomidagi xalqaro jamgʻarma rasmiy roʻyxatdan oʻtdi.
  • Dekabr — Jizzax shahrida „Oʻzeksayd“ Oʻzbekiston—AQSH qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
  • 2001 — Toshkentda Xalqaro kurash instituti faoliyat boshladi.
  • 2001 — YUNESKOning Finlandiyada oʻtkazilgan 25-sessiyasida Samarqandning tarixiy markazi meʼmoriy-tarixiy yodgorliklari YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi.

Voqealar

tahrir

qismlarini kiritdi.

  • Fizika — Eric Allin Cornell, Wolfgang Ketterle va Carl Wieman
  • Kimyo — William Standish Knowles, Ryōji Noyori va Karl Barry Sharpless
  • Fiziologiya va tibbiyot — Leland Hartwell, Tim Hunt va Paul Nurse
  • Adabiyot — Vidiadhar Surajprasad Naipaul
  • Tinchlik — BMT, Kofi Annan
  • Iqtisodiyot — George Akerlof, Michael Spence va Joseph Stiglitz

Manbalar

tahrir