[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Zootoksinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ari nishi

Zootoksinlar, hayvonlar zaharlari — hayvonlar tomonidan ishlab chiqariladigan zaharli moddalar[1][2]. Himoya yoki boshqa jonivorlarga hujum qilish maqsadida ishlatiladi. Kimyoviy tuzilishiga koʻra, oqsil va oqsilsiz strukturali toksinlarga ajratiladi. Faol zaharli hayvonlar (ilonlar, hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, meduzalar) zahrining aksarisi oqsil strukturali boʻladi va odatda organizmlarga parental yoʻl bilan kiritiladi, chunki ularning koʻpchiligi ovqat hazm qilish tizimida fermentlar taʼsirida parchalanadi. Nofaol zaharli hayvonlar esa asosan oqsilsiz toksin ishlab chiqaradi.

Zaharli hayvonlar har yili oʻn minglab insonlar hayotiga zomin boʻladi. Zootoksinlardan tibbiyotda tromboz va artrit kasalliklarini davolashda foydalaniladi.

  1. Gupta, Ramesh C.. Reproductive and developmental toxicology (inglizcha), 24 March 2017 — 963–972-bet. ISBN 978-0-12-804240-3. OCLC 980850276. 
  2. Chippaux, JP; Goyffon, M (2006). "[Venomous and poisonous animals--I. Overview]." (fransuzcha). Médecine Tropicale 66 (3): 215–20. ISSN 0025-682X. PMID 16924809.