[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Yuqori koʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yuqori koʻlBuyuk koʻllar tarkibidagi koʻl, AQSH va Kanadada. Akvatoriyasining oʻlchamlari boʻyicha dunyoda eng yirik chuchuk suvli koʻl. Mayd. 82,4 ming km². uz. 613 km, eni 256 km. Eng chuqur joyi 393 m (Buyuk koʻllar orasida eng chuqur). SentMeris daryosi orqali Guron koʻliga oqadi. Sohilga yaqin qismi dekabrdan aprel oyigacha muzlaydi. Koʻldan baliq ovlanadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Yuqori koʻl Shimoliy Amerikaning ichki rayonlarini Atlantika okeani bilan bogʻlaydigan suv yoʻlining muhim boʻgʻini. Muhim portlari: Dulut, Syupirior, Ashlend, Markett (AQSH), TanderBey (Kanada).