[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Yelyuy Chutsay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yelyuy Chutsay

Yelyuy Chutsay (1189.3.8-1243.2.6) - Xitoydagi Yuan (moʻgʻul) sulolasining davlat va harbiy arbobi, olim va yozuvchi. Kidoshyurnij Lyao saltanati hukmdorlari avlodidan. 1214 yil chjurchjenlarning Szin davlati hokimlari tomonidan Pekin shahri noibligiga tayinlangan. Moʻgʻullar tomonidan Pekin bosib olingandan (1215) keyin Chingizxonning xizmatiga oʻtgan. Markaziy Osiyoga (1219) va Hindistonga (1224) qilingan bosqinchilik yurishlarida Chingizxonga hamroh boʻlgan. Chingizxon vafotidan soʻng moʻgʻul xonlaridan Oʻqtoyxon va Xubilaynnng eng yaqin maslahatchisi boʻlgan. Moʻgʻullar bosib olgan yerlarda turli xil soliq, toʻlovlar tizimini joriy etishda katta rol oʻynagan. "Gʻarbga qilingan sayohat xotiralari" asarida safar taassurotlarini bayon etgan. Asar moʻgʻullar bosqini davrida Movarounnahr haqida koʻplab tarixiy, geografik, etnografik maʼlumotlarga boy.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil