[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Karpov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Karpov
Tavalludi 28-iyul 1922
Vafoti 18-yanvar 2010
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi SSSR va Rossiya

Karpov Vladimir Vasilyevich (28-iyul 1922, Orenburg — 19-yanvar 2010, Moskva) — rus yozuvchisi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va urush Qahramoni (1944-yilning, 6-iyul). Toshkent harbiy bilim yurti (1942), harbiy akademiya (1947) va Moskvadagi adabiyot institutini (1954) tugatgan. 1930 — 1959, 1968—73 yillarda Toshkentda yashagan va ishlagan. Harbiylar hayotidan hikoyalar, qissalar, romanlar („Mangu jang“, 1967; „Marshallik nishoni“, 1970; „Tirik olinsin!“, 1975) va „Sarkarda“ (1984) hujjatli qissasini yozgan. „Marshal Jukov, uning safdoshlari va dushmanlari urush va tinchlik yillarida“ (1989) kitobi muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureati (1970).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil