Vera Poska-Grüntal
Vera Poska-Grüntal | |
---|---|
Tavalludi |
25-mart 1898-yil Tallin, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
29-yanvar 1986-yil (87 yoshda) Stokgolm, Shvetsiya |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi Estoniya Shvetsiya |
Kasbi | jurnalist, huquqshunos |
Sohasi | huquqshunoslik |
Taʼlimi | Tartu universiteti |
Ilmiy darajasi | yurisprudensiya magistri |
Taʼsir koʻrsatgan | Estoniya feminizmi yetakchisi |
Turmush oʻrtogʻi | Timotheus Grünthal |
Vera Poska-Grüntal (talaffuzi: Vera Poska-Gryuntal 1898-yil 25-mart, Tallin – 1986-yil 29-yanvar, Stokgolm) – estoniyalik huquqshunos va jurnalist; Estoniya feminizmining yetakchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vera Poska-Grüntal 1898-yil 25-martda Revel shahrida advokat Jaan Poska oilasida tugʻilgan. Oilada toʻqqiz bola boʻlgan: olti qiz va uch oʻgʻil, Vera ikkinchi farzand edi. Tallin gimnaziyasini tamomlagan. 1915-yilda Petrogradda, keyin Voronejda huquqshunoslik boʻyicha oʻqishni boshlaydi. 1917-yilda „Pixiyala“ (EÜS Põhjala) Estoniya talabalar jamiyatiga aʼzo boʻldi. Turmush qurgandan soʻng Kuressaarega, 1920-yilda esa Tartuga koʻchib oʻtadi. Urush va inqilob tufayli toʻxtatilgan Tartu universitetida oʻqishni davom ettiradi. 1925-yilda huquqshunoslik fakultetini tugatgan va toʻrt farzandning onasi boʻlgandi. Keyin Tallin shahar yuridik byurosida advokat boʻlib ishlaydi. 1929—1935-yillarda Tartuda nikoh va ajralish masalalari boʻyicha yuridik yordam koʻrsatadi. 1939-yilda huquqshunoslik magistri darajasini oladi (dissertatsiya mavzusi: voyaga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish)[1]. 1944-yilda Qizil Armiya hujumi paytida oilasi bilan Shvetsiyaga koʻchib ketadi. Uning eri Timotheus Grüntal Stokgolm universitetining davlat stipendiyasini olgan. 1955-yilda eri vafotidan soʻng, Vera Poska-Grüntal Kanadaga koʻchib oʻtadi, sababi bu yerga 1951-yilning bahorida uning qizi Konstansiya eri Kaljo Pill, ularning oʻgʻillari Yuri va Jaan bilan birga koʻchib kelishgandi. Nafaqaga chiqishidan oldin arxivchi boʻlib ishlagan. 1986-yil 29-yanvarda Stokgolmda vafot etadi. Vera Poska-Grüntal ning 12 jilddan iborat shaxsiy arxivi Shvetsiya Milliy arxivida saqlanadi[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Estoniya feminizmining yetakchisi. 1928-yilda Parijda boʻlib oʻtgan I Ijtimoiy ish kongressida qatnashadi. Yuridik yordam, huquqiy adabiyotlar va taʼlim dasturlari, shuningdek, advokatlik, huquqiy islohotlar, tadqiqot va nashrlar orqali ayollar va bolalarning ahvolini yaxshilashga xizmat qiluvchi xalqaro nodavlat tashkilot Xalqaro ayol huquqshunoslar federatsiyasi asoschilaridan biri. Uning tashabbusi bilan 1931-yilda Estoniyada Uy va maktab uyushmasi (estoncha: Ühing Kodu ja Kool), Tartu soroptimistlar jamiyati (estoncha: Tartu Soroptimistide Ühing), 1939-yilda Tartu onalikni himoya qilish jamiyati (estoncha: Tartu Emadekaiste Ühing) hamda Uysiz onalar uchun boshpana (estoncha: Emadekodu) tashkil etilgan. 1934-yilda boshqa huquqshunos ayollar bilan birgalikda Estoniyada oilaviy huquqni isloh qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqadi. 1936—1938-yillarda yillarda Xalqaro oliy taʼlim ayollari federatsiyasining kongresslariga taklif qilingan. 1939-yil martdan 1940-yil fevralgacha Parij universitetining stipendiya oluvchisi boʻlgan. Uning balogʻatga yetmaganlar himoyasiga bagʻishlangan dissertatsiyasi 1941-yilda tugatilgan, ammo himoya qilinmagan. 1952-yilda Shvetsiyada eston tilidagi „Triinu“ jurnaliga asos solgan va 1981-yilgacha uning muharriri boʻlgan. Kanadaga koʻchib oʻtgandan soʻng, ushbu jurnal Torontodagi (surgundagi) Estoniya ayollar jamiyatining (estoncha: Toronto Eesti Naisselts (eksiilis)) organiga aylandi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Otasi Ivan Ivanovich Poska (Jaan Poska, 1866—1920), estoniyalik huquqshunos va davlat arbobi.
- Onasi Konstansiya Ernestina Poska (Constance Ernestina Poska (Ekström) 1874—1923).
- Eri Timotheus Grünthal (1893—1955) advokat, sudya.
- Qizi Constancia Grünthal (1920—2005) eston diasporasidagi huquqshunos va jamoat arbobi; 1985—1995-yillarda „Triinu“ jurnalining muharriri.
- Oʻgʻli Ivar Grünthal (1924—1996) yozuvchi, shifokor va siyosatchi.
- Qizi Svetlana Grünthal (1922—1926).
- Qizi Vera Grünthal (1925—2018).
- Oʻgʻli Timofey Grünthal (1930—2008) huquqshunos.
- Opasi Kseniya Poska (1896—1964) shifokor.
- Singlisi Tatyana Poska-Laaman (1900—1988) jurnalistika fanlari doktori, Sorbonna universiteti bitiruvchisi, Estoniya onalari ittifoqi raisi.
- Ukasi Jaan Poska (1902—1941, Kirov viloyati, SSSR).
- Singlisi Anna Poska-Loison (1905—1986) tarjimon.
- Ukasi Jüri Poska (1919—1974) huquqshunos va pravoslav ruhoniysi.
- Kuyovi Eduard Laaman (1888—1941, Kirov viloyati, SSSR) Estoniya jamoat arbobi va siyosatchi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 de Haan, Francisca; Krasimira Daskalova; Anna Loutfi. A Biographical Dictionary of Women's Movements and Feminisms in Central, Eastern, and South Eastern Europe 19th and 20th Centuries. Budapest, New York: Central European University Press, 2006 — 450-454-bet. ISBN 978-963-7326-39-4.
- ↑ „Vera Poska Grünthals arkiv (ingår i Baltiska arkivet)“ (sv). Riksarkivet. 2021-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
- ↑ „Teenetemärkide kavalerid“ (et). Vabariigi President (1940-yil 21-fevral). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.