[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Tyumen viloyati

Koordinatalari: 57°50′0″N 69°0′0″E / 57.83333°N 69.00000°E / 57.83333; 69.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tyumen viloyati
ruscha: Тюменская область
Mamlakat Rossiya
Xaritada
57°50′0″N 69°0′0″E / 57.83333°N 69.00000°E / 57.83333; 69.00000

Tyumen viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1944-yil14 avgustda tashkil etilgan. Asosan, Gʻarbiy Sibir shimolida joylashgan, shimolida Kora dengiziga tutash. XantiMansilar muxtor okrugi va Yamal Nenetslari muxtor okrugini oʻz ichiga oladi. Ularning tarkibiga Qora dengizining Beliy, Oleniy, Vilkitskiy, Shokalskiy va Neupokoyev orollari kiradi. Maydoni 1435,3 ming km². Aholisi 3265,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar (73,6%), shuningdek, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 77,4%. Markazi – Tyumen shahri. Boshqa yirik shaharlari – Tobolsk. Shimoliy Tarkibiga 38 tuman, 28 shahar va 40 shaharcha kiradi.

Tyumen viloyati Gʻarbiy Sibir tekisligida joylashgan, balandligi 285 m (Sibir Uvallari). Viloyat gʻarbida Ural togʻlarining sharqiy yon bagʻirlari (eng baland joyi 1895 m, Narodnaya choʻqqisi) yondosh. Tyumen viloyati hududida 1950–60 yillarda neft va gaz konlari ochildi. Uralning sharqiy yonbagʻirlarida qoʻngʻir koʻmir, temir rudasi, qurilish qumi konlari bor.

Iqlimi kontinental. Shimolida qishi uzoq, sovuq (8–10 oy davom etadi). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –29°, iyulniki 4–15°. Yillik yogʻin 200– 600 mm. Viloyat shimolida kup yillik muzloq yerlar bor. Vegetatsiya davri janubiy qismida 150–162 kun, Xanti-Mansilar muxtor okrugida 115–125 kun.

Viloyatning asosiy daryosi – Ob (1500 km chamasida) va uning eng katta irmogʻi Irtish (900 km chamasida). Viloyatning shimoli-sharqida Taz va Pur, Nadim daryolari oqib oʻtadi. Yamal yarim orol va Tyumen viloyatining janubida koʻl koʻp.

Asosan, podzollashgan qumoq va qumloq, shuningdek, torf-botqoq, chekka shimolida (Yamal va Giden yarim orolda) tundra tuproqlari, viloyatning janubida qora tuproqsimon oʻtloq tuproqlar, daryo vodiylari boʻylab allyuvial tuproqlar tarqalgan. Shimolida tundra, janubiy roqda oʻrmonli tundra oʻsimliklari oʻsadi. Viloyatning kattagina qismi tayga zonasi bilan band. Janubiy oʻrmonli dasht zonasida, tundra zonasida shimol bugʻusi, oq tulki, oq tovushqon, lemming, oq kaklik, burunduq, qoʻngʻir ayiq, rosomaxa, kolonok, sobol, boʻri, tulki; qushlardan karqur, chil, kedr chumchugʻi; oʻrmonli dashtda qur yashaydi. Ondatra, norka, barguzin soboli va qunduz iqlimlashtirilgan. Yozda gʻoz va oʻrdaklar uchib keladi. Daryo va koʻllarida baliq koʻp. Viloyat hududida Verxnetazov, Malaya Sosva, Yugansk qoʻriqxonalari joylashgan.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: neftgaz sanoati (Tyumen viloyatida Rossiya neftining 66 % dan ziyodi va gazining 92 % qazib olinadi). Neft konlari: Samotlor, Xolmogor, Fyodorov va boshqa; gazniki – Urengoy, Yamburg, Medvejye va boshqalar). Mashinasozlik va metallsozlik (Rossiyada ishlab chiqarilgan akkumulyator va qoʻrgʻoshinli avtomobil akkumulyator batareyalarining 31 % dan ziyodini, yogʻochsozlik stanoklarining 9 % hamda metall kesuvchi stanoklari; neft apparaturasi va jihozlari, burgʻilash, geologiya razvedka jihozlari, tibbiy asbobuskunalar, jumladan, bir marta foydalanadigan shpritslar va boshqalar), oʻrmon va yogʻochsozlik (fanera, yigʻma devorli uylar, mebel), kimyo va neft kimyosi (plastmassalar, kimyo-farmatsevtika mahsulotlari); qurilish materiallari ishlab chiqarish. rivojlangan. Suyakdan oʻymakor badiiy buyumlar tayyorlanadi (Tobolsk sh). Eng yirik korxonalari: „Surgutneftegaz“, „Noyabrskneftegaz“, „Tyumenneftegaz“, „Yuganskneftegaz“ (Nefteyugansk), „Urengoygazprom“ (Noviy Urengoy sh.); „Yamburggazdoboʻcha“ davlat korxonasi. Motorsozlik ishlab chiqarish. birlashmasi, avtotraktor elektr asbobuskunalari zavodi, „Tyumenmebel“, uysozlik kombinati (Tyumen sh.), „Krosno“ (Tyumen sh), „Tobolnefteximkombinat“ korxonalari; Surgut issiklik elektr styalari bor.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻichorvachilik, asosan, sut-goʻsht chorvachiligi va choʻchqachilik. Qoʻy va echkilar ham boqiladi. Viloyat shimolida bugʻuchilik, darrandachilik (ok, tulki, sobol, suvsar, ondatra), moʻynachilik rivojlangan. Viloyatning janubiy qismida don (javdar, bugʻdoy, suli, arpa) va ozuqa ekinlari ekiladi, kartoshka va sabzavotlar yetishtiriladi.

Transport yoʻli uzunligi 2451 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 11458 km, shu jumladan, qattiq qoplamalisi 9033 km. Ob, Irtish, Tobol, Tura va boshqa daryolarda kema qatnaydi. Havo transporti muhim ahamiyatga ega. 7 oliy oʻquv yurti, 7 muzey, 3 teatr bor. Viloyatda 30 dan ortiq sanatoriy, Bolshoy Taraskul balneobalchiq kurorti faoliyat koʻrsatadi.