[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Tundra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tundra
  Choʻl
  Tundra

Tundra (fin: tunturi — oʻrmonsiz, yalang qir) — Shimoliy yarim sharning yuqori kengliklaridagi yoʻsin va zamburugʻ, koʻp yillik oʻt hamda butalar oʻsadigan yerlar. Janubida oʻrmonlar, shim. dan Arktika muz saxrolari zonasi bilan chegaralangan. Tundra doim toʻngib yotgan sovuq iqlimli va sovuq tuprokli oʻlka. Skandinaviya, Ural, Sibir, Alyaska, Kanada shim.dati togʻlarda togʻli Tundra tarqalgan. Tundrada koʻp yillik oʻsimliklar, yoʻsinlar, lishayniklar, har xil oʻtlar, barg toʻkuvchi va doim yashil butalar, pakana kayin va mitti qoraqaragʻay koʻp oʻsadi, bugʻu boqiladi, ovchilik qilinadi. Tundra zonasining katta qismini subarktika, Tundra va chekka shimolda arktika Tundrasi tashkil etadi.