[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(WHOdan yoʻnaltirildi)
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti
Qisqartma JSST
Turi Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan tashkiloti
Ishga tushgan sanasi 7-aprel, 1948-yil (76 yil avval) (1948-04-07)
Joylashuvi Jeneva, Shveysariya
Direktori Tedros Adhanom
Oʻziga tegishli tashkilotlar Birlashgan millatlar tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy kengashi
Vebsayti www.who.int
World Health Organization membership status map.png

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) — xalqaro tibbiy tashkiloti boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning ixtisoslashgan maxsus muassasasi hisoblanadi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sogʻliqni saqlash boʻyicha New Yorkda oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga aʼzo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, 7-aprel 1948-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tuzildi.

7-aprel kuni butun dunyoda sihat-salomatlik kuni sifatida nishonlanadi. Tashkilot oʻz oldiga "hamma xalqlarning iloji boricha sogʻ-salomat boʻlishiga erishish"ni maqsad qilib qoʻygan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kasalliklarga qarshi kurash olib boradi, ularni tugatish tadbirlarini koʻradi; atrof muhit muhofazasi, yuqumli va yuqumsiz (sil, venerik va parazitar kasalliklar, yurak tomir kasalliklari, xavfli oʻsmalar va boshqalar) ga qarshi kurash uchun xalqaro standartlar belgilash, dori moddalar sifati va qoʻshimcha taʼsiri hamda narkotik moddalar ustidan xalqaro nazorat oʻrnatish; tibbiyot fanining eng muhim masalalari (toksikologiya, farmakologiya, atrof muhit gigiyenasi va boshqalar) boʻyicha hamda sogʻliqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarni koordinatsiyalash va ularni oʻtkazishga koʻmaklashish ham Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vazifasi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xalqaro karantin sohasida qator tadbirlarni amalga oshiradi: chechak, vabo va boshqa bilan kasallanish xollari toʻgʻrisida mamlakatlarga oʻz vaqtida xabar beradi.

Tashkilot tarkibiga 6 regional tashkilot kiradi. Ular har birining oʻz ijroiya organlari va regional byurolari bor. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining oliy organi — Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasini mamlakatlar saylaydi, uning sessiyasi yil sayin chaqirib turiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining markaziy maʼmuriy organi — Sekretariatga (rasmiy idorasi Shveysariyaning Jenevada joylashgan) general direktor rahbarlik qiladi. Tashkilot mablagʻining asosiy manbai unga aʼzo boʻlgan davlatlardan tushadigan badal pulidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti jurnallar, byulletenlar, nomuntazam nashrlar chop etadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi binosida faoliyat koʻrsatadi (1995-yildan).[1]

Bosh direktorlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kanada Brock Chisholm
  • Braziliya Marcolino Gomes Candau
  • Daniya Halfdan T. Mahler
  • Yaponiya Hiroshi Nakajima
  • Norvegiya Gro Harlem Brundtland
  • Janubiy Koreya Lee Jong-wook
  • Shvetsiya Anders Nordström(acting)
  • Gonkong Margaret Chan
  • Ethiopia Tedros Adhanom
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil