[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

SpaceX

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Space Exploration Technologies Corp.
Turi Xususiy
Xizmatlari Orbital eltuvchi raketalari, sunʼiy yoʻldoshli internet
Tarmogʻi Aerofazo, elektr aloqa
Qachon asos solingan 6-may, 2002-yil (22 yil avval) (2002-05-06)[1]
Asoschi(lari) Elon Musk
Rahbariyat
Mahsulot(lar)i
Aylanma daromadi 2 milliard AQSh dollari (2018)[4]
Ishchilar soni 9 500 nafardan oshiq[5]
Vebsayti spacex.com

Space Exploration Technologies Corp. (SpaceX) — kosmik texnika ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. Shtab kvartirasi California shtatining Hawthorne shahrida joylashgan. 2002-yilda kosmosga uchish uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish va Marsni egallashni tezlashtirish maqsadida Elon Musk tomonidan asos solingan.

Kompaniya Falcon 1, Falcon 9 va Falcon Heavy raketa tashuvchilarini ishlab chiqqan.

"SpaceX" kompaniyasining Marsga parvoz qilish uchun moʻljallangan "Starship" kosmik kemasi prototipi sinov parvozidan keyingi qoʻnish paytida portlab ketdi. Starship SN11 Texasning Boka-Chika shahrida ishga tushirilgan va bir necha daqiqa ichida 10 kilometr balandlikka koʻtarilgan. Kosmik kemaning uchirish kompleksi yonidagi maydonga qoʻnishi rejalashtirilgan. Biroq quyuq tuman paytida oʻtkazilgan sinovda kosmik kema maydonga qoʻnmasidanoq portlab ketgan[6]. Shundan soʻng kosmik kema prototipi metan oqishi sababli portlagani maʼlum qilingan[7]. Bu sinov jarayonida yuz bergan birinchi holat emas. 2020-yil dekabri va 2021-yil fevralida oʻtkazilgan kompaniyaning shunga oʻxshash sinovlarida ikki prototip maydonga qoʻnishi bilanoq, mart oyining boshida uchirilgan yana bir prototip esa vertikal ravishda qoʻnishga muvaffaq boʻlib, bir necha daqiqadan soʻng portlagan[6].