[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Sayyid Mirjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
sayyid

Sayyid Mirjon
arabcha: سيد مير جان شاه صاحب ابن حسن نقشبندى
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1800-yil
Vafoti 19-aprel 1901-yil
Dini Islom
Ota-onasi
  • Sayyid Mir Hasan (otasi)
Tanilgan sohasi sunniy tariqati avliyosi

Sayyid Mirjon Shoh Sahib ibn Hasan Naqshbandiy (arabcha: سيد مير جان شاه صاحب ابن حسن نقشبندى) Kobullik sunniy tariqati avliyosi edi.

Sayyid Mirjon ona va ota tomonidan sayyid (paygʻambarning qizi Fotima va amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib orqali Muhammadning avlodi) edi[1]. Uning ota-bobolari Buxoroga, undan keyin Sayyid Mirjon tugʻilgan vaqtda Kobulga koʻchib oʻtgan[2]. Ular, shuningdek, Naqshbandiya soʻfiylik tariqatining asoschisi, taniqli soʻfiy avliyo Bahouddin Naqshband tavallud topgan[3][4] Buxoroga ham hijrat qilganlar[2][5]. Bahouddin Naqshbandning 7 avloddan keyin avlod vakili Hazrati Ishonxon[6][7] boʻlib, uning avlodlari keyinchalik Ishoqiya Naqshbandiya boʻlimi taʼlimotini yoyish maqsadida Janubiy Osiyoning Xuroson kabi, bugungi kunda Afgʻoniston nomi bilan mashhur boʻlgan mashhur mintaqalariga koʻchib kelgan[2][6][7][8].

Yoshligi va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayyid Mirjon 5 yoshida tasavvuf ilmini oʻrgangan. Uning otasi Sayyid Mir Hasan ham oliy martabali avliyo boʻlib, oʻgʻillariga islom va tasavvufdan saboq berardi. Sayyid Mirjon Kobulda tahsil olgan va islom ilohiyoti professori boʻlgan. Keyinchalik u Lahorda oʻz universitetini bunyod etadi. Sayyid Mirjon va uning ukasi Sayyid Mahmud sheʼrlar yozgan[2][9].

Ruhiy sayohat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayyid Mirjon Kobulda taʼlim olgandan soʻng maʼnaviy safarga otlanib, uni tasavvufda tarbiyalagan koʻplab soʻfiy avliyolarning davomchisi boʻlishga urinadi. Sayyid Mirjonshoh Sohib 7 ta soʻfiylik tariqatining, jumladan, Naqshbandiya, Qodiriyya, Chishtiyya, Suhravardiya, Qalandariyya, Kubroviyya va Madriya tariqatlarining xalifasi (ustozi) boʻlgan. U Madinada oʻz ustozlaridan birining qoʻlida taʼlim olish uchun oʻn yil qoladi va oʻsha yerlik ayolga uylanadi. Keyinchalik u Lahorga, Hazrati Ishon nomi bilan mashhur boʻlgan Xoja Xovand Mahmud qabriga boradi. Hazrati Ishon buxorolik soʻfiy avliyo edi, uning qabri ham Lahorda joylashgan. Hazrati Ishonning vorislari orasida Srinagardagi ikki oʻgʻli Moʻynuddin Naqshband Kashmirda, Bahouddin va ularning avlodlari esa 18-asr oxirigacha Lahurda yashashgan, ammo ularning avlodlari qolmagan[10]. Bir rivoyatga koʻra, Hazrat Ishonxon Sayyid Mirjon haqida bashorat qilib, nasl-nasabini qayta tiklash uchun uni oʻz vorisi deb atagan[9][11].

  1. Imam Ali ibn al-Hussein (2001). The Complite Edition of the Treatise on Rights. Qum: Ansariyan Publications.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Khatme Ziarate Sharife hazrat eshan Bukhari(written and investigated by Mian Ahmad Bader Akhlaq (BSC)) printed the second time in 1988 Writer and inspector Mian Muhammad Hasan Akhlaq(M.Km) 1988 company: Koperatis Lahorin
  3. „Naqshbandiya shajarasi izidan“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-avgust.
  4. „Ҳазрат Хожа Баҳоуддин Нақшбанд“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-avgust.
  5. Sultanova, Razia (2011). „Naqshbandiyya“. From Shamanism to Sufism. I. B. Tauris. p. 32-37. ISBN 978-1-84885-309-6.
  6. 6,0 6,1 „Nazaria-i-Pakistan Trust“. www.nazariapak.info.
  7. 7,0 7,1 Expanding Frontiers in South Asian and World History: Essays in Honor of John F.Richards p. 159
  8. the Naqshbandiyya: Orthodoxy and activism in a worldwide Sufi tradition" written and investigated by: Itzchak Weismann; company: Routledge Taylor & Francis Group (p. 52)
  9. 9,0 9,1 Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan(genealogy of the family of Hazrat Eshan)(by author and investigator:Muhammad Yasin Qasvari Naqshbandi company:Edara Talimat Naqshbandiyya Lahore)
  10. "the Naqshbandiyya: Orthodoxy and activism in a worldwide Sufi tradition" written and investigated by: Itzchak Weismann; company: Routledge Taylor & Francis Group (p. 52)
  11. Khtame Ziarate Sharife hazrat eshan Bukhari(written and investigated by Mian Ahmad Bader Akhlaq (BSC)) printed the second time in 1988 Writer and inspector Mian Muhammad Hasan Akhlaq(M.Km) 1988 company: Koperatis Lahore