Muhammad Afzalxon
Muhammad Afzalxon محمد افضل خان | |
---|---|
Afgʻoniston amiri | |
Muhammad Afzalxonning eskiz tasviri | |
Afgʻoniston amiri | |
Saltanat | 1866-yil may – 1867-yil 7-oktyabr |
Oʻtmishdoshi | Sheralixon |
Davomchisi | Muhammad Aʼzamxon |
Sulola | Barakzoi sulolasi |
Otasi | Doʻstmuhammadxon |
Onasi | Mulla Sodiqalining qizi |
Dini | Sunniylik |
Muhammad Afzalxon (1815 – 1867-yil 7-oktyabr; forscha: محمد افضل خان) – 1849—1863-yillarda afgʻon Turkistonining hokimi[1] va 1866-yil may – 1867-yil oktyabrigacha Afgʻoniston amiri[2]. Doʻstmuhammadxonning toʻngʻich oʻgʻli Afzalxon 1815-yilda Kobulda tugʻilgan[3]. Otasi 1863-yil 9-iyunda vafot etdi[4][3]. Doʻstmuhammadxon oʻgʻillari oʻrtasida fuqarolar urushi boshlandi. 1866-yil may oyida u akasi Sheralixondan hokimiyatni tortib oldi va Kobulni egalladi[4]. Bir yil oʻtgach, u vabo bilan kasallanib, 1867-yil 7-oktyabrda vafot etdi[5]. Afzalxon vafotidan keyin Muhammad Aʼzamxon Afgʻoniston amiri deb eʼlon qilindi. U etnik pushtun va Barakzoi urugʻiga mansub boʻlgan.
Muhammad Afzalxonning uchinchi oʻgʻli Abdurahmon 1880—1901-yillarda amir boʻlgan[6]. Taxtapulning yaratilishiga ham Afzalxon mas’ul boʻlgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Habibi. „AFŻAL KHAN, AMIR MOḤAMMAD“. Encyclopaedia Iranica (1984).
- ↑ 2,0 2,1 Lee, Jonathan L.. The "Ancient Supremacy": Bukhara, Afghanistan and the Battle for Balkh, 1731-1901 (en). BRILL, 1996-01-01. ISBN 978-90-04-10399-3. Lee, Jonathan L. (1 January 1996). The „Ancient Supremacy“: Bukhara, Afghanistan and the Battle for Balkh, 1731-1901. BRILL. ISBN 978-90-04-10399-3.
- ↑ 3,0 3,1 McChesney, Robert. The History of Afghanistan: Fayż Muḥammad Kātib Hazārah's Sirāj al-tawārīkh (en). BRILL, 19 December 2012. ISBN 978-90-04-23498-7.
- ↑ 4,0 4,1 Hasan Kakar, Mohammad. A Political and Diplomatic History of Afghanistan, 1863-1901. Brill Publishers, 2006 — 9–15-bet. ISBN 9004151850.
- ↑ Lee, Johnathan. Afghanistan: A History from 1260 to the Present. Reaktion Books, 2019 — 321–364-bet. ISBN 978-1789140101.
- ↑ „Kosmix“. 2010-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-yanvar.
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Sheralixon |
Afgʻoniston amiri 1865 – 1867-yil 7-oktyabr |
Vorisi: Muhammad Aʼzamxon |