Mellonlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mellonlar (Mellon) — AQSH dagi eng keksa moliya guruhlaridan biri. 19-asrda shakllangan. Oilaviy xarakterga ega. Bank boshqaruvchisi Endryu Mellon (1855—1937) asos solgan (1921—1932-yillarda AQSH moliya vaziri boʻlib ishlagan). AQSH dagi boy Pitkern va Xeys oilalari bilan birgalikda va mamlakatdagi eng yirik „Fyorst Boston korporeyshen“ investitsiya banki bilan „Alyuminum kompani of Amerika“ (AL KO A) kompaniyasini nazorat kidali. 20-asrning 60-yillarida nazoratidagi aktivi 60 mlrd. dollardan ortiq boʻlgan. M.ning umumiy boyligi 1,6— 2,8 mlrd. dollar atrofida baholangan. M. nazoratida AL KO A dan tashqari (AQSH dagi 35% alyuminiy), jahonda neft sotish boʻyicha yetakchi oʻrinni egallaydigan „Galf oyl korporeyshen“, „Vestin gauz elektrik“ kabi yirik harbiysanoat konsernlari (elektronika, yadro quroli va atom suv osti kemasi) hamda qator poʻlat erituvchi va mashinasozlik-qurilish firmalari, sugʻurta kompaniyalari bor. M. guruhi aksiyalarga hamkorlikda egalik qilish orqali Rokfellerlar, Klivlend moliyaviy guruhi va Kaliforniya moliya guruhlari bilan chambarchas bogʻliq.
Abduxalil Razzoqov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |