[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Luqmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LuqmonQurʼonda tilga olingan donishmand (31-Luqmon surasi). Naql qilishlaricha, Luqmon ming yil umr koʻrgan boʻlib, Alloh u zotga narsa va voqea hodisalarning mohiyat — haqiqatiga bexato yetish va eng toʻgʻri hukm chiqara olish neʼmatini, yaʼni hikmatni ato etgan ekan. Qurʼonda Luqmonning oʻgʻliga qilgan pand-nasihatlari (Allohga shirk keltirmaslik, yaxshi amallar qilish, namoz oʻqish, sabr-toqatli boʻlish, kibr-havoli, maqtanchoq boʻlmaslik kabilar) keltiriladi.

Luqmon haqida rivoyatlar koʻp. Shulardan biriga koʻra, Luqmon Od qavmidan boʻlib, uni Luqmon ibn Od deb atashgan. Afsonada aytilishicha, Arabistonda yashagan ana shu xalq Allohning gʻazabiga uchrab qurgʻoqchilikka duchor boʻladi. Xalq bu ofatdan qutulish maqsadida oʻz vakillarini Makkaga yomgʻir soʻrab duo oʻqish uchun yuboradi. Ularga Luqmon boshliq boʻladi, lekin u Allohdan oʻziga uzoq umr soʻraydi. Alloh Luqmonga yettita burgut umriga teng keladigan uzoq umr ato etadi.

Oʻrta Osiyo xalqlari orasida Luqmon buyuk hakim, dono, bilimdon inson sifatida mashhur boʻlgan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil