[go: up one dir, main page]
More Web Proxy on the site http://driver.im/Kontent qismiga oʻtish

Islomiy bayramlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islomiy bayramlar islom dinidagi bayramlar (xursandchilik kunlari) boʻlib, ikkita asosiy bayramdan iborat – Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha. Bayramlarning nishonlanishi xalqlar va madaniyatlarga qarab, shuningdek, Islom sektalari (Sunniylar Shialar)ga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Musulmon bayramlari qamariy taqvimga asoslangan boʻlib, shamsiy taqvimga nisbatan har yili surilib boradi. Islom taqvimida 12 oy va 354-355 kun bor. Sunniy va Shia taqvimlari har doim ham bir-biriga muvofiq kelmaydi. Baʼzan ayni bayram shialarda nishonlanayotgan boʻlsa, sunniylarda u boshqa kuni, odatda ketma-ket nishonlanishi ham mumkin.

Iyd (عيد) arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida "bayram", "hayit" degani va Fitr soʻzi esa roʻza tutish deganidir. Iyd al-Fitr (عيد الفطر) yoki roʻza hayiti Ramazon oyining tugashi bilan nishonlanadigan bayramdir. Ramazon oyida musulmonlar tong otgandan kun botguniga qadar roʻza tutadilar, yaʼni yeyish, ichish va jinsiy aloqadan tiyiladilar. Roʻza hayiti Ramazon oyining oxirgi kuni kun botgandan soʻng boshlanadi. Ushbu bayram Oʻzbekistonda ham musulmonlar tomonidan keng nishonlanib, umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilingan[1].

Iyd al-Adha (عيد الأضحى), yoki Qurbon hayiti, Iyd al-Fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi. Ushbu bayram Ibrohim paygʻambarni sharafiga nishonlanadi. Islomga koʻra Ibrohim paygʻambar Allohga sodiqligini koʻrsatish uchun oʻz oʻgʻlini qurbon qilishga ham tayyor boʻlgan. Ushbu bayram anʼanasiga koʻra qoʻy yoki mol soʻyilib, uning goʻshti oila, doʻstlar va muhtojlarga ulashiladi. Hayit, shuningdek, Makkaga hajj marosimini tugashiga toʻgʻri keladi. Qurbon hayiti ham ramazon hayiti singari Oʻzbekistonda umumxalq bayrami deb tan olingan va ushbu kun dam olish kunidir[2].

Esda qolarli kunlar va tunlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musulmonlarda ikki hayit bayramidan tashqari keng nishonlanmaydigan sanalar (kunlar va tunlar) bor, ammo baʼzi musulmon mamlakatlarida ular hali ham nishonlanadi.

  • Muharram oyining 7-kuni – Xaybarga yurish.
  • Safar oyining 27-kuni – Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan kechasi (hijrat).
  • Ramazon oyining 1-kuni – Ramazon oyida roʻza tutishning boshlanishi.
  • Ramazon oyining 17-kuni – Badr jangi.
  • Ramazon oyining 21-kuni – Makkaning taslim boʻlishi.
  • Shavvol oyining 9-kuni – Uhud jangi.
  • Shavvol oyining 9-kuni – Hunayn jangi.
  • Shavvol – Xandaq jangi.
  • Zulqada oyining 6-kuni – Hudaybiya shartnomasi.

Hijriy yangi yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hijriy hisobga koʻra yangi yilning boshlanishi. Muborak Muharram oyining birinchi kuni. Aksariyat musulmon mamlakatlarida Yangi yil bayram sifatida nishonlanmaydi. Shu kuni masjidlarda Muhammad paygʻambarning 622-yilda Makkadan Madinaga koʻchishi (hijrati)ga bagʻishlangan xutba oʻqiladi[3].

Paygʻambar (Muhammad s.a.v.) ning tavalludi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paygʻambarimiz Muhammad (Mavlid an-Nabiy) tavallud kuni rabi ul-avval oyining 12-kunida nishonlanadi. Muhammad (s.a.v.)ning tavalludi islom kelganidan 300 yil oʻtgach nishonlana boshlangan. Muhammadning aniq tugʻilgan sanasi nomaʼlum boʻlganligi sababli, bu unutilmas kun uning vafot etgan kuniga toʻgʻri keldi. Islomda tugʻilgan kunlar kamtarona, baʼzan esa umuman nishonlanmaydi. Aksincha, abadiy hayotga tugʻilish deb tushunilgan o'lim kunlari esa yanada tantanali ravishda nishonlanadi[4].

Laylatul Qadr (Qadr kechasi)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborak Ramazon oyida barcha musulmonlar uchun Laylat ul-qadr (Qadr kechasi) eng muhim kechadir. Qur’oni Karimning ilk suralari Muhammad paygʻambarga aynan shu kechada nozil qilingan. Bu kechaning aniq sanasi nomaʼlum, Ramazon oyining oxirgi kunlari, ayniqsa, ular orasida toq kunlar muhim hisoblanadi. Koproq musulmonlar Ramazon oyining yigirma ettinchi kuni kechasiga eʼtibor berishadi[5].

  1. OʻzA:"Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida", 4-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 27-dekabr 2008-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. OʻzA:"Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida", 11-avgust 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 27-dekabr 2008-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. „Новый год по Хиджре“. 2011-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-dekabr.
  4. „Маулид ан-Наби (Рождество Пророка Мухаммеда)“. 2011-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-dekabr.
  5. „Ляйлят уль-кадр (Ночь Могущества, Предопределения)“. 2011-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-dekabr.